2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda echimi ma’lum muddat talab etadigan 32 murojaat nazoratga olindi

Surxondaryo viloyatidagi 4-sektor hududida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir Turabov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolarning muammolarini o‘rganmoqda.

Qiziriq tumanidagi Etimqum mahallasida tashkil etilgan qabulda 4-sektor hududidagi Etimqum, Qishloqqozon, Gilambob, Rabotak, Obod yurt, Istara, Zarobod, Xalqobod, Bektepa, Oqjar va Kunchiqar mahallalarida yashovchi fuqarolar, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholi asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, ish bilan ta’minlash, kredit olish va boshqa dolzarb masalalarda murojaat qildi.

– Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit so‘rab, tijorat bankiga murojaat qilgan edim, – deydi Rabotak mahallasida yashovchi M.Yo‘ldoshev. – Lekin o‘z echimini topmadi. Sayyor qabulda ushbu masalada yordam so‘radim. Mutasaddilar bu ishimni tez kunda hal etib, 30 million so‘m kredit ajratishga so‘z berdi.

– Ichki yo‘llarimiz ta’mirtalab bo‘lib qolgan, – deydi shu mahallada yashovchi S.Tursunova. – Ichimlik suvi muammosi ham barchaga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu muammoni mahalladoshlarim nomidan o‘rtaga tashladim. Masalani qisqa muddatda hal etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Nihoyat, bizni qiynab kelayotgan ko‘p yillik muammo bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Odamlar bilan ochiq muloqotda 12 murojaat joyida hal etildi. Echimi ma’lum muddat talab etadigan 32 murojaat nazoratga olindi.

Viloyat davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektor hududida 500 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uyma-uy yurib o‘rganishlar, aholi bilan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar davomida odamlar duch kelayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 4-sektor rahbarlari tomonidan joylarda 323 sayyor qabul o‘tkazildi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida kelib tushgan 7 ming 232 murojaatning 4 ming 949 tasi yoki 68,4 foizi ijobiy hal qilindi. 2 ming 283 murojaat mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

12.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati

Foydali resurslar