2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuror viloyatlarga tashrif buyurib, 400ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, bo‘sh bino va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish va boshqa dolzarb vazifalar ijrosi, shuningdek, prokuratura organlarining faoliyati bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqida Bosh prokuratura rasmiy sayti xabar qildi.

Tashrif davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit va shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish borasida 400 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bilan to‘rtala hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, gaz va elektr ta’minoti, bino olish, er maydoni ajratish, maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.

Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida hududlardagi idoralararo komissiyalar hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, tashrif davomida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlari prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish natijalari, faoliyatni tashkil etish, hududda qonuniylikni mustahkamlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay’at majlisida barcha tuman-shahar prokuraturalari xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga etmaganlar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qilish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” dasturlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas’uliyat bilan bajarish, korruptsion illatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

09.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar