2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Islohot va o‘zgarishlar maydoniga aylangan Zarbdor tumani

Yana bir necha kundan keyin xalqimiz eng ulug‘, eng aziz bayram—respublikamiz mustaqilligining 28 yilligini tantana qiladi. Bu yilgi bayramni “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” deb nomlangan ezgu g‘oya asosida kutib olayotganimiz zamirida mustaqillikning naqadar ulug‘ ne’mat ekani, shu ulug‘ Vatanda o‘tayotgan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmushimizning qadriga etish, uni asrab-avaylash, kerak bo‘lsa jon fido etishdek buyuk maqsad mujassam.

Shaxsan Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Obod qishloq", "Obod mahalla" Davlat dasturi doirasida amalga oshirishga kirishilgan sa’y-harakatlarning zamirida, mushohada yuritib ko‘rilsa, barcha islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan mazmun-mohiyat jamuljam ekanligini ko‘rish mumkin. O‘zingiz yashaydigan mahalla, yoki shaharchada nafaqat munosib turmush tarzini barpo etish, balki tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlarni muhayyo qilish va muhim vazifalarni hal etmay turib, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishdek ulkan vazifani hal etish mushkul.

So‘nggi o‘n yilliklarda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmagani sababli, ko‘plab echimini kutayotgan muammolar yig‘ilib qolgan edi. Ularni qadamma-qadam hal etish, ko‘zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish barchamizdan, g‘ayrat-shijoat hamjihatlikni talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlarning markazlarini obod qilishga qaratilgan tashabbusini Zarbdor tumani aholisi ham katta xursandchilik bilan qabul qilib, faol qo‘llab-quvvatlashdi.

Birinchi navbatda, tuman markazining zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablariga javob beradigan bosh loyihasi ishlab chiqildi. Bunda yangi uy-joylar barpo etish, mavjudlarini ta’mirlash, bugungi taraqqiyot darajasiga monand ijtimoiy soha ob’ektlari, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari, aholiga xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari tarmoqlarini yuzaga keltirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlariga kirishilgan.

Tuman markazidagi shoh ko‘cha – Mustaqillik ko‘chasi tom ma’noda qurilish maydoniga aylangan. Loyiha asosida bu ko‘cha kengaytirilmoqda. Yo‘l bo‘yidagi o‘z umrini yashab bo‘lgan eski turar-joylar, savdo nuqtalari olib tashlanib, yig‘ilib qolgan chiqindilar hududdan olib chiqib ketilmoqda.

Mazkur ko‘cha hamda markazdagi ko‘p qavatli uylar atrofida rejasiz qurib tashlangan qurilmalar bartaraf etilib, hudud to‘liq tozalandi. Yana bir necha oydan keyin Mustaqillik ko‘chasining ikki tomonida zamonaviy savdo markazlari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari paydo bo‘ladi. Hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi tarmoqni tortish, mavjud quvurlarni rekonstruktsiya qilish, yangi quduqlar barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash belgilangan.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 4 ta maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etilishi, tibbiyot birlashmasi, 1-sonli bolalar bog‘chasi kabi bir qator ijtimoiy muassasalar binolari yangi ko‘rinishga ega bo‘lishi ham aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan  «Sharq yulduzi»,  «Taraqqiyot»,  «Yangikent»,  «Oqar» qishloqlarida Mirzacho‘l tajribasi asosida 250 ish o‘rniga ega 4 ta tikuvchilik tsexi tashkil etiladi.

  “HILOLA”LAR  DAVRASIDA

Ertangi kunimizning ishonchli vorislari bo‘lgan bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishida maktabgacha ta’lim muassasasining o‘rni beqiyosdir. Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 13 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi qatoriga joriy yilda yana 8 ta yangi davlat sherikchiligi asosida, 13 ta oilaviy nodavlat bog‘chalar qo‘shildi. “Hilola” oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasining “Lalmikor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Biroq  muassasa rahbari Hilola Umrzoqovaning faolligi va jonkuyarligi bilan ko‘pgina oilalarning mushkuli oson bo‘ldi.

–Mahalla hududida istiqomat qilayotgan xonadonlardan tushgan taklifga asosan o‘z mablag‘im evaziga oilaviy bog‘cha ochishga qaror qildim, –dedi muassasa rahbari H.Umrzoqova. – Hozircha o‘zimning bo‘sh turgan shaxsiy xonadonimdan foydalanayapmiz. Keyinchalik aholi talabiga qarab bog‘chamizni kengaytirish niyatidaman. 

Bolalar bog‘chasi 25 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, asosan sport orqali sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan. Tarbiyalanuvchilar bog‘chada tashkil qilingan rus tili, ingliz tili, rassomchilik, raqs to‘garaklarida malakali murabbiylardan saboq olishmoqda. Muassasada alohida ovqatlanish xonasi, ota-onalar va bolalar uchun kitob burchagi tashkil etilgan. Bundan tashqari cho‘milish havzasi, sport maydonchasi bolajonlar ixtiyorida Farangiz Qorabekova ingliz tilida kichkintoylarni burro-burro so‘zlashga o‘rgatsa, tarbiyachilar Roziya Qorabekova va Barno Yo‘ldoshevalar ularni sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etishlariga munosib hissa qo‘shayaptilar.

KO‘KKA INTILAYOTGAN  “JO‘RABEK”!

 “Baxt” suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi “Jo‘rabek” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi yildan-yilga rivojlanib, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan jamoa. 

—Fermerlarning peshona teri bilan topgan daromadi behad totli, ammo o‘ta mashaqqatli, —deydi menga hamroh bo‘lgan tuman hokimining o‘rinbosari–investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Anvar Ko‘chkanov. —Shu bois ularning faoliyati doimiy g‘amxo‘rlikka muhtoj. Prezidentimizning viloyat faollari bilan uchrashuvi chog‘ida fermerning bugungi qilayotgan ishiga yuqori baho berganligi  bu mehnat ahlining yanada shijoat bilan ishlashiga turtki bo‘ldi.

Abduqodir Shaymatov oddiy dehqon oilasida katta bo‘ldi, suyagi mehnatda qotdi. 22 yildirki “Jo‘rabek” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishib, qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlar bu fermerning ham orzulari ushalishiga  imkon yaratdi. Fermerdagi  sohaga bo‘lgan qiziqish, uning tabiatiga xos tinib-tinchimaslik, ishbilarmonlik kabi xislatlar xo‘jalikning har tomonlama rivojlanishiga asos bo‘ldi.

Dehqonlar uchun bu yil og‘ir keldi. Aslida ham shunday. Dehqon uchun oson va engil kelgan mavsumning o‘zi yo‘q. Bahorning seryog‘in kelishi, chigitning qayta ekilishi haqiqiy, omilkor fermerning irodasini buka olmadi. Vaqtida olib borilgan muhim agrotexnik tadbirlar natijasida fermer xo‘jaligi a’zolari joriy yilda g‘alladan mo‘l hosil etishtirishdi. 42 gektar maydonning har gektaridan 45 tsentnerdan hosil olindi. Davlatga 129 tonna don topshirilib, shartnomaviy reja 111 foizga ado etildi.

Ayni paytda xo‘jalik dalalarida ish qizg‘in. 39 gektar maydondagi g‘o‘zalar rivoji yaxshi. Har tup g‘o‘zada 6-8 tadan ko‘sak, 8-10 donadan hosil tugunchalari solgan.

Fermer xo‘jaligida 8 gektar maydonda mosh va chorva mollari ozuqasi uchun em-xashak etishtirilmoqda. Joriy yilda “Jo‘rabek” fermer xo‘jaligi 30 tonna moshni eksport qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, asalarichilikni rivojlantirish maqsadida xorijdan 50 dona asalari uyasi olib keldi.

Abduqodir Shaymatovning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U  2014 yilda “Shuhrat” medali, 2016 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

ORZULAR OG‘USHIDA

Elda bugun ruh o‘zgardi. Muhimi xalqimizda yaxshi yashashga, mehnat qilishga bo‘lgan ishtiyoq ortdi. Bugun kim bilan uchrashmang, suhbatlashmang, ularning dilidayu, tilida bir kalom—yurtimiz tinch, elimiz obod, dasturxonimiz to‘kin.

Aziza Maxammadjonova ham tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda. U “Xalq banki”ning tuman filialidan 30 million so‘m kredit mablag‘i olib, “Do‘stlik” mahallasida 40 o‘rinli kichik trikotaj tsexini ishga tushirdi. “Aziza-E’zoza-dizayn”da bugun maktab formalari uchun buyurtmalar qabul qilinmoqda. Tadbirkor bu bilan cheklangani yo‘q. Imtiyozli kredit evaziga korxonasini kengaytirish ostonasida turibdi.

–Ayni paytda eski Bo‘ston aholi maskanida 300 ish o‘rniga mo‘ljallangan  “Bo‘ston-baraka-chevar” oilaviy korxonasining  qurilish ishlari yakunlanish arafasida, –dedi Aziza Maxammadjonova. –Asosan erkaklar kiyim-kechagini tikishga mo‘ljallangan korxonamda shu erda yashovchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlamoqchiman. Korxonaga Xitoy texnologiyasi asosida “JEK” rusumli 450 million so‘mlik 100 dona tikuv mashinalari keltirildi. Yaqin kunlarda ish boshlaymiz.

Intilganga tole yor,  deganlaridek ishning ko‘zini bilgan Aziza tayyor mahsulotlarini Rossiya federatsiyasiga eksport qilishni ko‘zlab, oyiga 60 million so‘m sof daromad olishni rejalashtirayapti.

Korxona jamoasining rejalari ulkan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish, sifatli kiyim-kechaklar ishlab chiqarish ularning ezgu niyati yo‘lida Azizaga omad tilaymiz.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, tumanda xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan mahalliy tadbirkorlar tomonidan 8 ta tikuv tsexi tashkil etildi. Ularda 72 ta yangi  ish o‘rni yaratildi. Xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan shu kunga qadar turli yo‘nalishlarda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 24 nafar ayolga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Shahnoza YULDASHEVA
 

08.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar