2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazirlar ham endi uyma-uy yurib, aholi muammosini hal etishi belgilandi

Davlatimiz rahbarining topshirigʻi asosida endilikda Xalq qabulxonalari va sektorlar rahbarlarining aholi muammolari bilan ishlashi yangi strategiya va tizim asosida tashkil etilmoqda.

Bunda aholi bilan muloqot yangicha yondashuv – davlat idoralarining bevosita birinchi rahbarlari eng ogʻir, eng chekka, eng olis hududlarga chiqqan holda, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, koʻchama-koʻcha, uyma-uy yurib, aholi muammolarini oʻrganish asosida tashkil etishga kirishildi.

 

Dastlab Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bogʻi”da tashkil qilingan ommaviy qabulda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Prezidentimizning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonalari masʼullari, viloyatdagi sektorlar rahbarlari murojaatchilarni qabul qilib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim izladi.

 

Ommaviy qabullarni kuzatar ekanmiz, davlat soliq qoʻmitasi raisi, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash vazirlari qabulida uzundan uzoq navbatlar hosil boʻlganini koʻrdik. Bu oʻz oʻzidan murojaatlarning asosiy qismi aynan mazkur yoʻnalishlarga tegishli ekanidan dalolat beradi.Qoʻshilgan qiymat soligʻi, oʻzgargan soliq stavkalari, tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlar, shu va shu kabi vaziyatlarda tushunmovchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan bevosita muloqotda boʻlishdi.

 

Asli xorazmlik Qizlarbibi Aliyeva ham sogʻliqni saqlash vaziri qabulida ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Bu ayol labaratoriya hamshirasi boʻlib, bir necha yil Xorazm viloyatida ishlagan. Doimiy yashash uchun Ohangaron tumaniga koʻchib kelganidan beri ish soʻrab kirmagan tibbiyot muassasasi qolmagan.

 

Ommaviy qabuldagi aholi salomatligi bilan bogʻliq murojaatlarning asosiy qismi tibbiyot muassasalarida davolanish yoʻllanmalarini olishdagi muammolar bilan bogʻliq.

 

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, pasport-viza, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar, sobiq ichki ishlar organlari xodimlarini ishga qayta tiklash va ichki ishlar organlariga ishga kirish, ijtimoiy-huquqiy hamda maishiy masalalariga oid murojaatlar Ichki ishlar vaziri qabulida muhokama etildi.

 

Qabul jarayonida aniqlangan muammolarni joyida yechish choralari koʻrilib, hal etilishi vaqt talab etadigan holatlardagina aniq muddat va masʼullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinib, ushbu haqda aholi bilan zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bogʻi”da tashkil qilingan ommaviy qabuldan soʻng aholi muammolarini oʻrganishda sektorlar rahbarlari Ohangaronning eng uzoq-olis, chekka hududlariga boʻlinib, bevosita joylarga chiqib, qabullar oʻtkazdi. “Telov” mahalla fuqarolar yigʻini Ohangaron shahridan qariyb 30 km. uzoqda joylashgan. Bosh prokuror va viloyat prokurori mazkur hududda aholi bilan yuzma yuz, ochiq muloqot oʻtkazdi.

 

Telov qishlogʻining Qiziloy mahallasi raisi masʼullarga uchta masalani hal qilish boʻyicha murojaat qildi. Bular – ichimlik suvini yaxshilash, elektr taʼminotidagi uzilishlarga barham berish, xususan, 1960-yilda qurilgan transformatorni yangilash hamda qishloq vrachlik punktining oʻz oʻrniga qaytarilishiga oid masalalar. Mahalla raisining uch murojaati ham asosli ekani aytilib, ular birma-bir hal qilinadigan boʻldi.

 

Abdumajid Aliqulov oʻz murojaatida hududdagi 9 mahallaga moʻljallangan yagona masjid taʼmirtalab ekanini, yangi masjid qurish uchun joy muammo boʻlib kelayotganini aytdi. Muammo oʻrganilgach, mazkur hududda yana bir masjid qurish uchun joy ajratiladigan boʻldi.

 

Sanam mahallasi ahlini koʻp yildan beri maktabgacha taʼlim muassasasi yoʻqligi qiynab keladi. Mahalla ahli mazkur hududda bogʻcha tashkil etishda amaliy yordam soʻradi. Vaholanki, birgina shu mahallaning oʻzida bogʻcha yoshidagi 300 nafardan ziyod bola bor. Bu masala ham ijobiy hal etiladigan boʻldi.

 

Telovga ish bilan kelgan bekobodlik Noʻmonjon Dehqonboyev ommaviy qabul xabarini eshitib, mutasaddilarga kredit masalasida murojaat qildi. Olti yildan beri tadbirkorlik qilib kelayotgan Noʻmonjon akaning aytishicha, u 2017-yilda Bekobod shahridagi Qishloq Qurilish Bank filiali bilan sutni qayta ishlash hamda tikuv sexi tashkil qilish boʻyicha loyihasini moliyalashtirish uchun 750 million soʻmlik kredit shartnomasini imzolagan.Ammo bank kreditning faqat 100 million soʻmini bergan, xolos. Qolgan 600 million soʻm bedarak ketgan. Noʻmonjon Dehqonboyevni shuncha vaqtdan beri qiynab kelgan muammoga Telov qishlogʻidagi ochiq muloqotda yechim topildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ohangaron tumanining eng chekka qishloqlaridan biri – Gulobodda ommaviy qabul oʻtkazdi.

 

Aholi qishloqda maktabgacha taʼlim muassasasi yoʻqligidan qiynaladi. Ayni vaqtda bu hududda 187 nafar bogʻcha yoshidagi bolalar mavjud. Ular maktabgacha taʼlimga qamrab olinsa, 150 dan ortiq ayollar oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

 

Qabulda ijtimoiy infratuzilmalar bogʻliq muammoni tegishli vazirlik va idoralarga yetkazilishi va aniq yechim haqida tez kunlarda tuman mutasaddilariga topshiriq berilishi haqida aytildi.

 

Shuningdek, nohaq ayblovlar bilan ichki ishlar tizimidan chetlashtirilgan sobiq xodimlarni ishga qaytish masalasidagi murojaatlar ham koʻrib chiqildi va 5 nafar xodim qayta ishga tiklandi.

 

Ohangaron tumanining Shodmalik mahallasida Oliy sud raisining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Sud-huquq tizimiga oid 20 dan ortiq murojaatlar yuzasidan nazorat oʻrnatilishi qayd etildi va 21 ta murojaat boʻyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

 

Toshkent viloyatida oʻtkazilgan ommaviy qabullarda sud-huquq masalalarida ham qator murojaatlar boʻlgan edi. Mazkur murojaatlarni oʻrganib chiqilishi natijasida Jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudi 12 nafar mahkumni sud zalidan ozod qilish boʻyicha qaror qabul qildi. Prezident Xalq qabulxonalariga murojaatlari natijasida oʻz hayotini oʻnglab olishi uchun yana bir bor imkon berilgan bu insonlar va oila aʼzolarining hayotga, yashashga boʻlgan ishonchlari yanada mustahkam boʻldi.

 

Ohangaron shahrida oʻtkazilgan ommaviy qabulda 427 ta murojaat kelib tushdi. Bundan Oliy sudga 152 murojaat, Bosh prokuraturaga - 105 ta, Ichki ishlar vazirligiga - 67 ta, Adliya vazirligiga - 26 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligiga - 23 ta, Bandlikka koʻmaklashish markaziga - 16 ta, Davlat soliq qoʻmitasiga - 14 ta, Yer resurslari kadastr qoʻmitasiga - 13 ta, Markaziy bankka - 11 ta masala kelib tushdi.

 

Bundan tashqari, qishloqma-qishloq yurib oʻtkazilgan qabullar jarayonida Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Telov qishlogʻida 32 fuqaroni qabul qilib, ular koʻtargan masalalardan 20 tasini joyida hal etdi.

 

Ichki ishlar vaziri, Oliy sud raisi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi Shodmalik qishlogʻida 35 nafar, “Gulobod” qishlogʻida 29 nafar fuqarolarni qabul qilib, jami kelib tushgan 42 ta masalani joyida hal qildi.

 

Davlat soliq qoʻmitasi raisi va Sogʻliqni saqlash vaziri Markaziy qoʻrgʻon hududi “Uvak” qishlogʻida 29 nafar fuqaroning murojaatini koʻrib chiqib, ularda koʻtarilgan 30 dan ziyod masalaning 15 tasini joyida qanoatlantirdi.

 

Sudlar tomonidan Ohangaron shahri mahallalari va qishloqlarida oʻtkazilgan ommaviy qabullar natijasida 95 nafar fuqaro sud zalidan ozod qilindi, 10 nafar jazo oʻtayotgan shaxsning jazosini yengilrogʻiga almashtirilib, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilindi.

 

Qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ishga qayta tiklash, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning doimiy roʻyxatga qoʻyish, buzib tashlangan uy-joyi uchun kompensatsiya toʻlash, jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarni afv etish, sud qarorlari ustidan norozilik, uy-joy ajratish va moddiy yordam koʻrsatish kabi masalalar koʻtarildi.

 

Qabullar jarayonida jami 552 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 184 tasi (33%) joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

 

OʻzA

30.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar