2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: Kimdir er joyli, yana kimdir ishli bo‘ldi

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Azamat Bozorov Nurota tumani xalqining murojaatlarini o‘rganib, ayrim muammolariga ijobiy echim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Xalq bilan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi Jo‘rabek Mavlonov, Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tumanidagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i Shermat Axatov, viloyat tashkilotlari mutasaddilari va tumandagi davlat organlari rahbarlari ishtirok etib, har bir ko‘tarilgan muammolarga amaliy echim topishga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, uchrashuvda 153 nafar nurotalik fuqaro o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalarni muhokamaga qo‘ydi. Sayyor qabul davomida aholi tomonidan 32 ta murojaat yo‘llanib, 4 ta masala joyida hal etildi. 2 ta masala yuzasidan huquqiy tushuncha berildi. Qolgan 26 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddilar zimmasiga yuklatilib, ijrosini qisqa fursatda ta’minlash uchun qat’iy nazoratga olindi.

– Joriy yilda Xatirchi tibbiyot kollejini tugallab, Nurota tuman tibbiyot birlashmasiga hamshira sifatida ishga kirmoqchi edim, – deydi nurotalik Shohsanam Ziyodullaeva. – Lekin noma’lum sabablarga ko‘ra, meni kollej bitiruvchisi, yosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilishda muammolar yuzaga keldi. Sayyor qabulda meni ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab rahbarlarga murojaat qildim. Natijada tuman tibbiyot birlashmasi nomiga yozgan arizam shu erning o‘zida qabul qilinib, tuman hokimi nazoratiga olindi. Endi men ham hamshiralik vazifasida ish boshlayman.

Nurota tumanida yashovchi Ruxiya aya Botirova taqdir taqozosi bilan qabristonga yaqin hududda hovli solgan. Peshonasida bor ekan olamdan o‘tgan farzandlarini ana shu hovlisi yonidagi manzilga joylashtirdi. Lekin yillar o‘tib, qarilik alomatimi har lahza supasidan ko‘zi shu qabristonga tushsa, farzandlari yodiga tushib, yurak bag‘ri qon bo‘ladi. Boshqa joyga ko‘chib uy qilay desa na madori, na imkoniyati bor. Sayyor qabulda onaxonning ko‘p yillik dardiga echim topildi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanning boshqa hududidan yangidan hovli qurish uchun 12 sotixli er joy ajratildi. Hamda eski hovlini buzib, zarur buyumlarni ko‘chirish uchun maxsus texnika biriktiriladigan bo‘ldi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan beshta tashabbus bo‘yicha tumanimiz tibbiyot birlashmasining kutubxonasi tuman hokimining amaliy say’-harakati bilan yanada boyitildi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nurota tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich tashkiloti etakchisi Zarina Amonboeva. – Sayyor qabulda mazkur kutubxonamizni yanada kengaytirish pirovardida muassasamiz xodimlarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim saviyasini yanada oshirishga erishish borasida taklifimni bildirdim. Shuningdek, ayni paytda oylik maoshim kamligi sabab oilaviy to‘kinligimni ta’minlash maqsadida mazkur kutubxonaga shtat asosida mehnat qonunchiligiga binoan ishga qabul qilishda amaliy yordam so‘radim. Mutasaddilar murojaatimni qabul davomida muhokama qilib, ijobiy hal etdi. Men bundan behad minnatdorman.

Sayyor qabulda nogironligi bor fuqarolarning 2 nafariga nogironlik aravachasi va 2 ta eshitish moslamasi, 15 ta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqatlar jamlanmasi berildi. Uchrashuvda ishtirok etgan aholiga 100 dona kitoblar tarqatildi.


Nuriddin Rahimov, O‘zA    

29.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar