2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Fuqaro: qishlog‘imizdagi yo‘l va transformator muammosi hal bo‘ladigan bo‘ldi

Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov Xatirchi tumani markazidagi istirohat bog‘ida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarim yilligida fuqarolardan tushgan murojaatlarning qariyb 40 foizi joyida hal etilmoqda. Shu sababli Xatirchi tumani aholisidan tashqari, qo‘shni hududlardan ham fuqarolar o‘z muammolariga javob topish uchun sayyor qabulga kelishdi.

Bu galgi sayyor qabulda 37 nafar fuqaro tomonidan 51 ta masalani o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 17 tasi joyida hal etildi. 14 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. 20 tasi masalani hal etish uchun o‘rganish jarayonida.

– Bugungi sayyor qabul juda yaxshi tashkil etilibdi. Odamlar o‘z muammosini rahbariyatga yetkazishdan tashqari, davlat xizmatlari markazining mobil avtobusida masalalarini yechishmoqda. Men ham o‘z murojaatim asosida shu yerning o‘zida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi orqali ishga joylashdim. Samarqand tibbiyot institutining magistratura yo‘nalishini yaqinda tugatib diplom olgandim, endilikda tuman tibbiyot birlashmasida o‘z mutaxassisligim bo‘yicha faoliyatimni boshlayman, – deydi xatirchilik Sanjar Rahimov.

Xatirchi tumani aholisining ko‘pligi, hududning o‘ziga xosligi, sug‘oriladigan, lalmi, dasht va tog‘lik joylardan iborat ekanligi bilan viloyatda boshqa tumanlardan ajralib turadi. Shu sababli aholi murojaatlarining qamrovi, mazmuni va xususiyati ancha farqlanadi. Endilikda shaxsiy muammolardan ko‘ra, jamoaviy, ijtimoiy hamda tadbirkorlik bilan bog‘liq murojaatlar soni ortib bormoqda. Bu, avvalo, shundan dalolat beradiki, odamlarimizning ruhiyati hamda dunyoqarashi, hayotga, o‘z mehnatining natijasiga munosabati o‘zgarayotganidan dalolatdir.

– Bizning qishlog‘imizda sobiq ittifoq davridan qolgan transformator shu paytgacha ishlatib kelinardi. Yil sayin aholi soni ko‘payib bormoqda, kuchlanish ham ortayapti. Shu sababli yaqinda transformator butunlay ishdan chiqdi. Yo‘llarimiz ham ta'mirlanmagan edi. Bugungi qabuldan so‘ng shu ikki masalamiz ham ijobiy yechiladigan bo‘ldi. Viloyat hokimi mutasaddi rahbarlarga uch kun muddat ichida vaziyatni o‘rganib, masalani hal etish bo‘yicha ko‘rsatma berdilar. Biz bundan juda minnatdormiz, – deydi Xatirchi tumani “Olmazor” mahallasida yashovchi fuqaro Normamat Botirov.

Shu kuni Davlat xizmatlari agentligining mobil avtobusi aholiga o‘z xizmatlarini ko‘rsatdi. Shu joyning o‘zida mehnat yarmarkasi, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Banklar o‘z xizmat turlarini aholiga taqdimot qilishdi.

 

19.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar