2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir ayolning ovoragarchiliklariga chek qo‘yildi

Hayot quvonch va tashvishlardan iborat. Shuning uchun ham xalqimiz “Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil”, deb bekorga aytmagan.

Nukus shahrida yashovchi Qalbika Bisenovaning hayotida uchragan tashvishlar, ayrimlarning ishga bo‘lgan befarq munosabati, o‘rinsiz qog‘ozbozlik oqibatidagi ovoragarchilik... O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Xalq qabulxonasi xodimlarining amaliy yordami bilan bu fuqaroning bu kabi barcha tashvishlari ijobiy hal etildi.

 

Gap shundaki, Qalbika Bisenovaning qizi Oygul 2002 yil 6 sentabrda farzand ko‘radi. Yaxshi niyat va katta umidlar bilan nevaraga Guldona deb ism qo‘yishadi.

 

Nukus Murojaat.jpg v

 

Oradan bir yilcha vaqt o‘tib ikkinchi nevara dunyoga keladi. Yosh jihatdan bir-biriga yaqin tug‘ilgan ikki farzandni parvarishlashda yengillik bo‘lishi uchun Qalbika Bisenova Oygulning roziligi bilan katta nevarani o‘z bag‘riga oladi. Nevara ham vaqt o‘tgan sari sevimli buvijoniga haqiqiy onasi kabi mehr qo‘ya boshladi.

 

Yillar o‘tdi. Oygul oilasi bilan Qozog‘iston Respublikasining Oqtov shahriga ko‘chib o‘tdi. Qalbika Bisenova esa nevarasi Guldona bilan Nukus shahrida yashab qoldi. Bola ulg‘aygan sari uning shirin tashvishlari ham orta boshlaydi.

 

Endi Qalbika Bisenova voyaga yetgan nevarasiga fuqarolik pasportini olish vaqti keldi. Buning uchun esa, tug‘ilganligi haqidagi dalolatnomani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.

 

Shu orada kuyovi Baurjon Aytjonov bilan qizi Oygul Bisenova Qalbika opaga nevarasini farzandlikka olishini taklif etdi. Bu haqida notarius tomonidan tasdiqlangan ishonch xatini ham jo‘natdi. Zarur hujjatlarni to‘ldirib, nevarasini farzandlikka olish bo‘yicha fuqarolik ishlar bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga ariza berdi. Uning arizasi qanoatlantirilib, 2019 yil 25 mart kuni sud qarori chiqdi. Ammo tug‘ilganligi haqidagi dalolatnomaning “otasi” degan grafani yozish ancha muammoga olib keldi. Sud Nukus shahar FHDYo bo‘limiga, bo‘lim esa uni sudga yubordi. Hattoki, ular “otasi” degan grafani yozish uchun, kuyoving bilan nikohdan o‘tishingiz kerak, degan so‘zlarni ham aytdi. Xullas, nevarasini farzandlikka olishda mana shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi.

 

Oxir-oqibat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga ariza bilan murojaat etishga to‘g‘ri keldi. Xalq qabulxonasi rahbari Azat Seytanov, uning mutaxassislari opani yaxshi kutib olishdi. Ularning yordamida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga kassatsiya tarzida ariza yozdi. Uning arizasi sudlov kollegiyasida rahbarlik qiluvchi S. Kaipnazarova, kollegiya a’zolari A. Ayapov hamda A.Kerimboevlardan iborat tarkibda ko‘rib chiqildi.

 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 151-moddasi 1- va 2-bo‘limlarida farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

 

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno deyilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksining 303 moddasi 1- va 2-bo‘limlarida sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi. 

 

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga o‘zgartirishlar k

iritish uchun zarur bo‘lgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

 

Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining xohishiga ko‘ra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining xohishiga ko‘ra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko‘ra sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi ko‘rsatib o‘tiladi.

 

Birinchi instansiya sudi tomonidan ariza beruvchi Q.Bisenovaning arizasini qanoatlantirish haqida to‘g‘ri yechimga kelingan. Ammo 2002 yil 6 sentabr kuni tug‘ilgan Guldona Isakovaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning yozuviga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, “Otasi” degan grafaga qaysi familiyani yozish kerakligini ko‘rsatmasdan xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb hisoblaydi kollegiya. Shuning uchun ham, kollegiya birinchi instansiya sudining qaroriga 2002 yil 6 sentabr kuni tug‘ilgan Isakova Guldona Baurjanovnaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga uning familiyasini “Bisenova Guldona Tulegenovna” deb, “otasi” degan grafani “Bisenov Tulegen” deb o‘zgartish kiritishni lozim topdi.

 

Shunday qilib onaning nabirasini farzandlikka olishdagi ovoragarchiligiga chek qo‘yildi. Sud qarori bo‘yicha qayta yozilgan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan nevarasi emas, endilikda qizi bo‘lmish Guldonaga yaqinda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini ham oldi.

 

 

 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA 

10.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar