2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jo‘qorg‘i Kenges raisi “Jasliq”da sayyor qabul o‘tkazdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Erniyazov poytaxtimiz Nukus shahridan 300 km uzoqlikdagi, respublikamizning eng chekka hududi hisoblangan Qo‘ng‘irot tumanining “Jasliq” posyolka fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazib, aholi bilan uchrashdi.

Tadbirda tegishli vazirliklar, muassasalar, tuman hokimligining rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan yo‘lga quyilgan bu kabi qabullar faqat shahar va tuman markazlaridagina emas, balki, eng chekka qishloqlarda ham tashkil etilmoqda. Bu o‘z navbatida murojaat etuvchi fuqarolarimizga biroz qulayliklar yaratish bilan birga, ularning hayotida uchrayotgan muammolarning o‘z vaqtida echimini topishiga xizmat qilmoqda.

Tuman markazidan uzoqda, Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan ushbu posyolkada bugungi kunda 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning 50 dan ortiq murojaati tinglanib, shundan deyarli 30ga yaqin murojaat joyida o‘z echimini topdi.

Atroflicha o‘rganish hamda ma’lum muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi vazirlik, idora hamda tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘tkazilgan mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ishsizlik, yo‘l qurilishi, tibbiy va kommunal xizmat ko‘rsatish, ta’lim singari masalalarda murojaat etdi.

09.07.2019

Foydali resurslar