Bugungi kunda mamlakatimizning eng chekka hududlariga yo‘lingiz tushgan bo‘lsa, ulkan o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishingiz aniq. Chunki so‘nggi yillarda odamlarni qiynayotgan muammolar sekin-asta echimini topib, yurtimizning uzoq manzillarida ham hayot jonlana boshladi.
Buni birgina Mo‘ynoq tumani misolida ham ko‘rib turibmiz. Tumanda ayni kunlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tez orada “Mo‘ynoq city” qurilishi ham nihoyasiga etib, tuman yangi turistik hududga aylanishi arafasida.
Kuni kecha hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev ushbu tumanda bo‘ldi.
– Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Mo‘ynoqda ham elektr energetikasi sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev. – Xususan, bu erda yaqin ikki oy ichida innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan, uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi uch qavatli, zamonaviy elektr ta’minoti korxonasi foydalanishga topshiriladi. Barcha qulaylikka ega bo‘lgan 120 o‘rinli kutish xoll va zallar ham iste’molchilar uchun xizmat qiladi. Qolaversa, ro‘yxatga olish ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy talablarga to‘la javob beruvchi 6 ta monitor hamda bepul Wi-Fi tarmog‘i ham joriy qilinadi. Bundan tashqari, mijozlar uchun qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida ma’lumotlar elektron tablolarda aks etib turadi.
Ayni paytda Mo‘ynoq tumanidagi yangi shaharcha hududida aholi va ishlab chiqaruvchi korxona hamda tashkilotlar uchun alohida alohida ikkita elektr uzatish tarmoqlari va 10 ta transformator punktlarini rekonstruktsiya qilish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilning avgust oyida yana bir yirik loyiha – Mo‘ynoqdagi 5190 ta iste’molchilarning barchasiga Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga mos zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari ham boshlanadi.
Tabiiyki, ushbu sa’y-harakatlar mo‘ynoqliklarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |