2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Samarqandda 15 nafar mahkum muddatidan oldin ozod etildi

29-iyun kuni O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari X.Yodgorov boshchiligida Payariq va Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor qabullarda aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari tinglandi.

Jami 74 nafar fuqaro qabul qilindi. Ulardan 13 tasining arizasi nazorat tartibida o‘rganib chiqish uchun hamda 2 ta ariza jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida o‘rganish uchun qabul qilindi.

Murojaatlarning 70 tasi sudga oid, 3 tasi Majburiy ijro byurosi faoliyati bo‘yicha va 1 tasi Kattaqo‘rg‘on tuman ichki ishlar idoralari faoliyatiga tegishli bo‘lib, ushbu 4 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqi tushuntirildi.

Sayyor qabullarda 41 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi. Shundan 18 tasi joyida hal etildi, 17 ta shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi. 15 ta murojaat o‘rganish uchun qabul qilindi.

Protsessual qonun talablaridan kelib chiqib, qabullarda sayyor sud majlislariga ham e’tibor qaratildi.

Sud majlislarda 103 nafar mahkum va sudlanuvchilarga nisbatan ishlar ko‘rilib, shundan 15 nafar mahkum jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib oilasi bag‘riga qaytarildi, shuningdek, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 88 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etildi.

02.07.2019

Foydali resurslar