Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xonobod shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Qurilish kuni” da viloyatimizdagi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ob’ektlarining qurilish-montaj ishlari, sifati va muddati haqida shahar-tuman hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, arxitektorlar, “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qurilayotgan va ta’mirlanayotgan infratuzilma ob’ektlarining tadbirkorlari va barcha dasturlarga tushgan ijtimoiy soha ob’ektlaridan foydalanuvchi rahbarlar hamda tegishli korxona-tashkilot vakillari bilan uchrashdi.
Joriy yilda dasturlarga asosan aholi uchun 224 ta 2 sotixli 3 xonadon iborat arzon uy-joylar hamda 49 ta ko‘p qavatli ( har bir uyda 24 tadan xonadon jami 1176 ta) uylar qurilishi belgilangan. Viloyatimizdagi demografik jarayonning o‘zgarib borishi, ayniqsa aholining o‘sish ko‘rsatkichlari hamda viloyatdagi mavjud er maydonini hisobga olib, keyingi yilllarda ko‘p qavatli uylar ko‘payib boraveradi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha qurilish-montaj ishlari pudratchilarning har birlari bilan birma-bir suhbatlashib, qurilish ob’ektlarida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor berish va o‘z muddatida yakunlashlari bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |