Baliqchi tumanida Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy va Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Andijon viloyat sudlari raislari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul oldidan bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud, huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudi raisi M.Siddiqovning hisoboti eshitildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning sudlarga taalluqli 15 dan ortiq murojaati tinglandi. Murojaatlar yuzasidan muhokama o‘tkazilib, zarur tavsiya, tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
– Har bir murojaat ortida inson, uning manfaati yotadi, – deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi Otabek Mirzamahmudov. – Shu bois, murojaatlarning birortasi e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Jumladan, qabul davomida ma’muriy masalalarga oid 3 ta murojaat eshitilib, ularning bittasi qanoatlantirildi, ikkitasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
– Menga Baliqchi tuman Ma’muriy sudining qarori bilan 1,5 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan edi, – deydi G‘ulomjon Tursunov. – Sayyor qabulda ushbu jazodan muddatidan ilgari ozod qilishni so‘rab, viloyat Ma’muriy sudi raisiga murojaat qildim. Meni qiynayotgan ushbu masala tuman Ma’muriy sudida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida 8 ta murojaat qanoatlantirildi, qolganlari bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchilarning huquqiy bilimini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
F.UBAYDULLAEV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |