2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi ko‘chki bo‘lgan hududda sayyor qabul o‘tkazdi

Aprel-may oylaridagi yog‘ingarchiliklarning ko‘p bo‘lishi va tuproqdagi namlik miqdorining yillik me’yordan oshishi tog‘li hududlardagi ayrim yo‘l yoqalarida ko‘chki xavfini keltirib chiqardi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Kuxsor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Denovbolo qishlog‘ining shahar markazi bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lida ikkilamchi oquvchi ko‘chki hosil bo‘lib, ushbu yo‘ldagi harakatni cheklab qo‘ygan edi.

 

photo5469753457364806396.jpg

 

“Palandara – Jovuz – Denovbolo” ichki avtomobil yo‘lining 39 kilometridagi Jinnidaryo o‘zanining chap qirg‘og‘i, “Otboqar” soyining boshlanish qismidan uzunligi 300 metr, eni 60 metr, uzilish chuqurligi 14 metr bo‘lgan, taxminiy 252 ming kubometr hajmga teng ikkilamchi oquvchi ko‘chki massasi avtomobil yo‘lining 50 metr qismini qoplab qolgan. Ushbu yo‘lda viloyat hokimligi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tegishli xizmatlar hamkorligida maxsus texnikalar jalb etildi. 80 metr qo‘shimcha aylanma yo‘l qurish ishlari amalga oshirdi. Hozirgi kunda yo‘lni ochish uchun jami 3 kilometr masofada 300 kubometr tuproq ishlari to‘liq bajarilib, xavf bartaraf etildi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimi va sektor rahbarlari mazkur hududdagi Denovbolo va Jovuz qishloqlari aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

 

Tumanning eng olis hududlaridan biri – Denovbolo va Jovuz qishloqlarida tashkil etilgan muloqotda viloyat va tuman sektorlari, boshqarma va tashkilotlar, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Barcha darajadagi rahbarlarning eng chekka hudud aholisi bilan bevosita muloqotga kirishayotgani, ularga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratayotir.

 

photo5469753457364806407.jpg

 

Tadbirlar davomida aholi murojaatiga asosan arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Kam ta’minlangan oilalarga bepul un, yog‘ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, ularning farzandlariga kiyim-kechak tarqatildi. O‘rganishlar doirasida bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etilib, Denovbolo va Jovuz qishloqlari aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Kitob tumani Denovbolo qishlog‘idagi maktab kutubxonasi uchun kitob fondini boyitish maqsadida viloyat hokimi tashabbusi bilan 100 million so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur maktabda ta’lim o‘zbek va tojik tillarida olib boriladi.

 

– Bizning qishloqda qariyb 1 ming 300 nafar kishi yashaydi, – deydi Denovbolo qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sayidahmad Nurov. – Albatta, aholining yo‘l, kommunal xizmat, ta’lim, tadbirkorlik va fuqarolik hujjatlari bilan bog‘liq muammolari ham bor. Qishlog‘imiz tuman markazidan ancha olisda joylashgani bois, ha deganda markazga borib kelishning imkoni yo‘q. Chekka qishloqlarda mana shunday muammolar borligini bilib, ularni hal etish uchun respublika va viloyat tashkilotlari rahbarlari kelayotgani bizni behad quvontirdi.

 

photo5469753457364806409.jpg

 

Viloyatdan tashrif buyurgan turli soha mutaxassislari ishtirokidagi sayyor qabul va voha san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi qishloq aholisini mamnun qildi.

 

O‘.BAROTOV, O‘zA

12.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar