
Inson hayotdan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki, u o‘z uyiga ega bo‘lsa, oilasi bilan tinch-totuv yashasa. Xalqimizning yaxshi odati bor - topganini to‘yga, imorat qurishga sarflaydi.
Farzandlari kelajagi uchun poydevor qo‘yadi. Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang, shaharu qishloqlarda bunyod etilayotgan zamonaviy uy-joylarni ko‘rib, dilingiz yayraydi.
Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yanada jadallashtirish, odamlarning ezgu orzu-maqsadlari yuzaga chiqishiga yaqindan ko‘maklashish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga oid keng ko‘lamli tashabbuslar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
O‘y-tashvishlari engillashgan, mushkuliga echim topgan kishi yangi orzu-umidlar bilan yashaydi, ertangi kunga ishonchi yanada ortadi. Kuch-g‘ayrati, bilimi, shijoatini el-yurt farovonligi yo‘lida sarflaydi.
Samarqand shahar Kimyogarlar shaharchasi Shukrona mahallasida yana yangi uy-joylar bunyod etildi. Ushbu 37 ta uy-joylar nogiron, kam ta’minlangan va ehtiyojmand fuqarolarga bepul, doimiy foydalanish huquqi bilan tantanali ravishda topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Uylarni topshirish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Uy to‘ylarida ishtirok etib, saxovat va oqibat tantanasiga guvoh bo‘ldik. Zero, mana shunday obod va orasta koshonalarda ezgu niyatlar, buyuk maqsadlar tug‘iladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |