2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezidentdan Ramazon tuhfasi

Inson o‘z uyiga ega bo‘lmaguncha, chin halovat nimaligini bilmaydi. Uyli-joyli bo‘lish – har bir odamga shaxs sifatida ulg‘ayish, har bir oila uchun esa sog‘lom muhit yaratish imkoniyati degani.

Boshqacha aytganda, uyi bor inson chin ma’noda ozodlikka erishadi, u endi mayda tashvishlardan balandroq orzu-maqsadlar sari intiladi. Zotan, insonning hayotga intilishini, jamiyatga, davlatga va kelajakka ishonchini mustahkamlaydigan birlamchi omil ham, har bir oilaning eng go‘zal xotiralari ham aynan uy-joy bilan bog‘liqdir.

Ayniqsa, bir insonning, bir oilaning Toshkent shahrida o‘z uy-joyiga ega bo‘lishi – juda katta voqea. Buning uchun bir inson necha yillar davomida tinmay ishlashi, ro‘zg‘oridan orttirib, mablag‘ jamg‘arishi lozim. Chunki poytaxt o‘z nomi bilan poytaxt-da. Bu erda, tabiiyki, mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan uy-joy narxi anchayin baland. Boz ustiga shu yirik megapolisning o‘zida muqim boshpanali bo‘lishni istaganlar ko‘p.

Prezidentimizning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Toshkent shahridan yo‘llanayotgan murojaatlar tahlili ham, davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida poytaxt aholisi muammolarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Respublika ishchi guruhining 2018-2019 yillardagi faoliyati ham bu hayot haqiqatini keragicha isbotlab berdi. Shu ma’noda poytaxtimizning barcha tumanida ijtimoiy uylar barpo qilinishi, ayniqsa, Sirg‘ali tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 gektar maydonda 3 ming 696 ta xonadonni o‘z ichiga olgan 66 ta 7 qavatli zamonaviy uy-joy qurilishi Toshkent shahrida uysizlik tufayli juda og‘ir-murakkab sharoitda ilojsiz kun kechirib kelgan yuzlab nogironligi bor yoki yakka-yolg‘iz insonlar, sag‘irlikning og‘ir iztiroblarini boshidan o‘tkazgan ko‘plab fuqarolar, og‘ir ijtimoiy holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarning eng birlamchi hayotiy muammosini hal qilishda nihoyatda ulkan tarixiy loyiha bo‘lish bilan birga, hatto eng rivojlangan davlatlar tajribasida ham juda kam kuzatiladigan yuksak insonparvarlik namunasidir.

Bir e’tibor bering: 2019 yilning o‘tgan 5 oyi davomida Toshkent shahrida uy-joyga o‘ta muhtoj, og‘ir turmush sharoitidagi 300 dan ortiq inson doimiy foydalanish huquqi asosida uy-joy bilan ta’minlandi, ya’ni 300 dan ziyod oilaning eng birlamchi hayotiy muammosi hal bo‘ldi, har lahza og‘ir tegirmon toshidek elkasida yuk bo‘lib kelgan eng katta dard-u tashvishi aridi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida muqaddas ayyom – muborak Ramazon hayiti arafasida Toshkent shahridagi uy-joyga juda muhtoj, og‘ir vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bor fuqarolar, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz ayollardan 450 nafariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan 50 nafar yosh olimlar oilalariga – jami 500 nafar insonga Sirg‘ali tumanining “Choshtepa” massividan 1 xonali uy-joylarning Prezident sovg‘asi sifatida berilishi mamlakatimizdagi yuksak insonparvarlik siyosatining, “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, odamlar islohotlar natijasini bugun o‘z hayotida ko‘rishi kerak”, degan buyuk g‘oyaning yana bir yorqin hayotiy isboti bo‘ldi. Ikki kun davomida mazkur massivda 500 ta oilaga turar-joy bilan ta’minlangani haqidagi sertifikatlar, xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi o‘tkazilishi bilan Choshtepa chindan ham katta to‘yxonaga aylandi. Tong sahardan shom qorong‘isiga qadar davom etgan bu bayram – ezgulik, insonparvarlik, necha yillik orzu-umidlar ushalganining yana bir tantanasi bo‘ldi.

Hali Vatanimiz tarixida bo‘lmagan voqelik – bitta massivning o‘zida 500 ta uy-joyning Prezident sovg‘asi sifatida taqdim etilishi shiddatli taraqqiyotga erishishning, barqaror, kuchli va insonparvar jamiyat barpo etishning mustahkam zamini bo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘z uyiga ega bo‘lgan kuni inson yangidan hayotga kelgandek bo‘ladi, yangi uy unga katta marralar sari nihoyatda kuchli ilhom baxsh etadi, qalbida ertangi kunga, qonunlarga va davlatga ishonch mustahkamlanadi. Shu bois ham bir umrlik orzulariga erishgan insonlarning tili-yu dilida faqat va faqat shukronalikni, baxtiyorlikni, o‘z hayotidan rozilik ifodasini ko‘rish mumkin.

24 yil avval mirobodlik Zilola Xudoyberdieva va turmush o‘rtog‘ining boshiga katta tashvish tushadi: 1995 yilda qaynotasi ularning Quyliq-2 mavzesidagi uyini boshqa birovga sotib yuborgach, er-xotin dastlab 12 yil davomida hali u, hali bu qarindoshining uyida yashab keladi, biroq 2007 yili Zilola Xudoyberdievaning turmush o‘rtog‘i ham vafot etgach, ayol uch farzandi bilan ko‘chada qoladi. Yana 12 yil davomida muqim turar joyning yo‘qligi, ijarama-ijara sarson-sargardonliklar, topilgan boshpanada kun kechirishlar oqibatida Zilola opa 2018 yili katta farzandini tuproqqa qo‘yadi. Ana shunday taqdirning achchiq sinovlari girdobida qolgan bu ayolga osmon olis – er qattiq bir sharoitda Prezident sovg‘asi sifatida bir xonali uy ajratilishi Zilola Xudoyberdieva va ikki farzandi taqdirini butkul o‘zgartirib yubordi. Bu – ularning hayotida qiyinchiliklar ortidan kelgan engillik, tundan so‘ng otgan tongning go‘zal bir mujdasi edi. Uysizlik va uyli bo‘lish o‘rtasidagi tafovutni esa bu ayol juda yaxshi anglaydi.

Yakkasaroylik 50 yoshli Dilfuza Madrahimova oddiy o‘qituvchi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, bir harf o‘rgatish mashaqqatining o‘zi har qanday insonni holdan toydiradi. Uning ustiga 9 yildan beri yolg‘iz farzandi bilan ijarama-ijara yurish azobini ham tasavvur qilsangiz, bu ayolning chindan ham qirqta joni borligiga amin bo‘lasiz. Biroq bu ayolni hayotning o‘qildiziga mahkam bog‘lab turgan asos – uning qalbida shu og‘ir kunlardan qutilish umidining cho‘g‘day yonib turgani, ezgulikka intilib yashaganida edi, desak, adolatdan bo‘ladi. Mana, necha-necha tonglarni oqartirgan duolar bugun ijobat bo‘ldi. Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimi Dilfuza Madrahimova hayotiga nur, qalbiga halovat olib kirdi. Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat tantanasi – Ramazon hayiti arafasida tuhfa qilingan bu turar-joy endi uning o‘z uyi, o‘z o‘lan to‘shagi.

45 yoshli Fotiha Latfulina ham nogironligi bor farzandi bilan ko‘p yildan beri uy-joysiz, baraklarda kun kechirib kelgan. Qavmu qarindoshidan bir ro‘shnolik ko‘rmagan ayolning bosh urib borgan manzili – Prezident Xalq qabulxonasi bo‘ldi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda nihoyat uning muammosiga ijobiy echim topildi. Yangi uy Fotiha Latfulina hayotiga yangi mazmun, katta maqsadlar olib kirdi.

Yakkasaroylik Gulnoza Qoraboeva turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng bir farzandi bilan ota uyiga qaytadi. Bu xonadonda esa ulardan tashqari yana ikki oila – 6 kishi istiqomat qilardi. Yangi, zamonaviy turar joydan unga va farzandiga yashash uchun xonadon ajratilishi bilan yana bir g‘arib ko‘ngil obod bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari hamisha har bir masalaga ilm nuqtai nazaridan yondashishni ta’kidlab, olimlarga kuchli motivatsiya berish uchun ularning turmush sharoitini yaxshilashga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Aslida ham ilm qilish – igna bilan quduq qazish degani. Olim insonning turmushidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, ishida unum va baraka bo‘ladi. Buning foydasi esa butun Vatanga tatiydi.

Shu ma’noda kuni kecha Sirg‘ali tumanining Choshtepa massivida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlarida, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 50 nafar yosh olimlar oilalariga 50 ta uyning Prezident sovg‘asi sifatida taqdim etilgani mamlakatimizda ilmu ma’rifat egalari, bilimli insonlar tom ma’noda qadr topayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bu yilgi Ramazon hayitini o‘z uyida nishonlayotgan yosh olimlarning esa ilmga ishtiyoqi, innovatsiyaga intilishini oshirish bilan birga, el-yurtimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishga ham undamoqda.

O‘rol Normatov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining doktoranti. Garchi bu yorug‘ olamni ko‘ra olmasa-da, borliqni qalb ko‘zi bilan anglayotgan bu yigit xalqimiz ma’naviyatining azaliy va abadiy mezonlari mujassam xalq og‘zaki ijodini, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, insoniyatning bolalik qo‘shig‘i bo‘lgan folklor san’ati ilmini zamon tafakkuri va qarashlariga uyg‘un rivojlantirish yo‘lida xizmat qilmoqda. 2-guruh nogironi bo‘lgan O‘rol Normatov va uning oilasini ko‘p bora qiynagan katta muammo – uy-joy masalasi edi, xolos. Ijarama-ijara sarson-sargardon yurishlar ilm qilish nari tursin, oddiy mehnat faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi tayin. Shunda ham – tinmay ijarama-ijara sargardon yurgani holda ham ezgulik rishtasini mahkam tutish, xalqimizning ming yillik milliy qiyofasi bo‘lgan folklor san’atini saqlash qolish va rivojlantirish yo‘lida xizmat qilish uchun inson qanchalik kuchli, qanchalik ruhan sog‘lom bo‘lishi kerakligini anglash qiyin emas. Shu bois O‘rol Normatov o‘zi va oilasiga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan yangi uy quvonchini – Vatan ichra mo‘’jaz vatanli bo‘lish baxtini ta’riflab tugatolmaydi.

Savobli va xayrli amallar bir-biriga ulandi. Katta dasturxon yozilib, Choshtepadagi yangi massivda ilk iftorlik o‘tkazildi. Dasturxonga osh tortildi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar va ularning oilalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangi xonadonlar egalariga ezgu niyatlarini ulashish uchun kelgan nuroniylar duosi, ezgu niyat va orzularning esa o‘q tomiri bitta: bu buyuk va muqaddas Vatanda hech kim e’tibor va g‘amxo‘rlikdan benasib emas. Bugun mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlar pallasida har qancha og‘ir, murakkab va mashaqqatli bo‘lmasin, muqim boshpanasiga ega bo‘lmagan, ayniqsa, mehnatga layoqati cheklangan va nogironligi bo‘lgan odamlarning uy-joy ta’minoti bilan bog‘liq muammolari kompleks hal qilinayotgani yuzlab oilalar, minglab insonlar qalbiga ezgulik, go‘zallik va mehr nihollarini qadamoqda. Shunda tarix sinovlaridan o‘tgan o‘sha mashhur hikmat ong-qalbimizda jarang sochgandek bo‘ladi: xalq uyli bo‘lyaptimi, demak, hammasi joyida.

O‘zA

06.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar