Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi

“Obod qishloq” dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Mirzacho‘l tumanida 10 ta yangi “ISUZI” rusumli avtobusning qatnovi yo‘lga qo‘yilib, yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratdi.

“Mirzacho‘l Servis avto” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xarid qilingan avtobuslar shu paytgacha mitti avtobuslar va engil taksilar qatnayotgan “Gagarin – Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchilarga arzon xizmat ko‘rsatishi bilan qo‘shimcha qulaylik bo‘ldi. Shuningdek, “Gagarin – Jizzax” yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar sonining ko‘payishi tufayli qatnovlar oralig‘i ancha qisqarib, yo‘lovchilar manzilga tezroq etmoqda.

“Gagarin – Paxtazor”, “Gagarin – Gulzor” kabi ichki yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi qishloqlar aholisi, ayniqsa, Paxtazor qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun katta qulaylik yaratdi. Hozirgacha bu yo‘nalishlarda avtobus qatnamasligi tufayli yo‘lovchilar faqat engil taksi xizmatidan foydalanishga majbur bo‘layotgan edi. 

– Yangi avtobuslarni tijorat bankining 2 milliard 750 ming so‘m kredit mablag‘idan foydalanib xarid qildik, – deydi “Mirzacho‘l Servis avto” mas’uliyati cheklangan jamiyati” rahbari Qahramon Abdurahmonov. – Har bir avtobusda ikki nafar kishi ishlayapti. Yangi avtobuslar keltirilishi bilan 20 ta ish o‘rni yaratildi. Eng muhimi transport xizmatidan foydalanishda yo‘lovchilarning tanlash imkoniyati, sohada raqobat paydo bo‘ldi. 

Bundan avvalroq Jizzax shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi hamda G‘allaorol, Zomin, Forish tumanlarida qishloqlaro yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgan edi. 

Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA

04.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar