
Davlatimiz rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida Madaniyat va ma’rifat ekoparki barpo etildi. Prezidentimiz ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bu erda Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kompyuter o‘yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Yopiq amfiteatr, kafelar qurilgan. Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun keng sharoit yaratilgan. Velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmua har oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoev bog‘dagi kutubxonani kirib ko‘rdi.
- Hududlarga kitob etkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish etarli darajada emas. Bolalarimizni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o‘qishga qaytadi, - dedi davlatimiz rahbari.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy yondashuvlar asosida kitob o‘qitish metodikasi hamda qaysi yoshda qanday asarlarni o‘qish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bog‘da butun yil davomida rang-barang madaniy tadbirlar va mahallalararo musobaqalar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.










| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |