
Bugun fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarning mutasaddilar tomonidan joyiga borib o‘rganilayotgani, amaliy yordam ko‘rsatilayotgani aholini mamnun qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Bahodir Turobov tomonidan Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ham aholining muammolarini ijobiy hal etishga xizmat qildi. O‘tkazilgan uchrashuvda qatnashgan 113 nafar fuqaro va tadbirkorning 30 nafaridan turli xil mazmundagi muammolar yuzasidan murojaat kelib tushdi va murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.
Xususan, Nishon tumani, Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Jumagul Tilovova qizi I guruh nogironi bo‘lgani sababli, nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam so‘radi. Ushbu murojaat joyida hal etildi. Shuningdek, Mirishkor tumani Nuriston mahalla fuqarolar yig‘ini raisi so‘z olib, fuqaro Salomat Panjieva nogironligi sababli yura olmasligini bildirdi. Uning nogironlik aravachasiga zarurati borligini aytib o‘tdi. Mazkur muammo ham bartaraf etilib, unga nogironlik aravachasi ajratildi.
Bundan tashqari, kadastr hujjatini tayyorlash bo‘yicha, sog‘lig‘ini tiklash uchun order olish masalalari, gaz ballon ajratish haqidagi murojaatlar ham shu yerning o‘zida hal etildi. Aniqlik kiritish va muddat talab etiladigan masalalar ijrosi nazoratga olindi.
O‘.BAROTOV, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |