
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi.
Dastlab 3000 metr masofaga ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda tumandagi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalardan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi.
Ommaviy sport musobaqalari doirasida 500 nafardan ziyod xotin-qiz ishtirokida 3000 metr masofaga velopoyga musobaqasi ham tashkil etildi.

Shuningdek, 4-musiqa va san’at maktabida rassomchilik, kitobxonlik, musiqa va kompyuter savodxonligi bo‘yicha mahorat darslari va turli musobaqalar, hunarmandchilik ko‘rgazmasi, kitob va mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.
Sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlariga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Viloyat bo‘ylab 5 tashabbus doirasida ana shunday ommaviy sport musobaqalari, madaniyat va san’at festivallari davom etmoqda.
A.XUDOYQULOV, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |