2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh vazir qabulxonasi: muloqotning amaliy va shaffof tizimi

Joriy yilning birinchi choragida Prezident Xalq qabulxonalariga tadbirkorlardan 16 mingta murojaat tushgan. Ular, asosan, yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq masalalariga taalluqli...

Ikki mingga yaqin murojaatda mansabdorlarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan. Bu haqda 27 may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd etildi.

 

Ana shunday muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlarga chinakam ko‘mak berish maqsadida joriy yil 14 may kuni davlatimiz rahbarining «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi belgilandi.

 

Bosh vazir qabulxonasi birinchilardan bo‘lib, Toshkent viloyati Parkent tumanida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida bo‘lib, dastlabki qabulni ham o‘tkazdi.

 

Bosh vazir qabulxonasini tashkil etishga nima sabab bo‘ldi?

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish va aholini tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilindi. Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar ham qisqartirildi.

 

2019 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz» singari dasturlar doirasida tadbirkorlik istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun 16,4 trln. so‘m hajmda kreditlar ajratildi. Natijada yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 2,3 baravarga o‘sdi.

 

Biroq joylarda byurokratiya, ta’magirlik va tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari hali ham uchrab turibdi. Davlat organlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishning amaliy va shaffof tizimi mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha salbiy omillar ham kuzatilmoqda. Bu haqda Prezident farmonida alohida qayd etilgan.

 

Birinchidan, tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini ko‘rib chiqishning yagona tizimi mavjud emasligi yuzaga kelayotgan masalalarni to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal etish imkonini bermayapti. Natijada tadbirkorlarning muammolari va murojaatlarini hal etishga yuzaki munosabatda yondashilmoqda.

 

Ikkinchidan, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish bo‘yicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi aholining tadbirkorlik faolligini oshirishga hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Uchinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi muhim muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas.

 

To‘rtinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek, ularning qonuniy talablarini aniqlash va tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti.

 

Beshinchidan, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi va tadbirkorlarning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish barcha darajadagi hokimliklar va ularning rahbarlari tomonidan zarur darajada qo‘llab-quvvatlanmayapti.

 

photo5438288123227384344.jpg

 

Shu bois tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilmoqda.

Asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

 

Tadbirkorlik sub’ektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa hamda sayyor qabullarni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi to‘siqlarni bartaraf etish ham qabulxonalar vazifasiga kiradi.

 

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish orqali bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

 

Tadbirkorlar murojaatlari qay tarzda ko‘rib chiqiladi?

 

Qabulxonalar ishi uch bosqichda olib boriladi. Avvalo, qabulxonada tasdiqlangan kunlik jadval asosida hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy vakillari tadbirkorlarni qabul qiladi.

 

Tuman va shahar darajasida o‘z yechimini topmagan murojaatlar Bosh vazirning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga yuboriladi. Respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari Vazirlar Mahkamasining kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli idoralar vakillari ishtirokida ko‘riladi.

 

Murojaatlar shunda ham o‘z yechimini topmasa, tadbirkorlarni Bosh vazirning shaxsan o‘zi qabul qiladi.

 

Xorijiy investorlarga ko‘maklashish Bosh vazir qabulxonalarining asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Shu bois ularga xorijiy tillarni biladigan va investorlar bilan ishlash salohiyatiga ega kadrlar ishga olinadi.

 

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyati natijalari har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining raisligida alohida yig‘ilishlarda, shu jumladan, videokonferens¬aloqa orqali ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek, Bosh vazir qabulxonalari hududlarni kom¬pleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda — sektorlar), davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini aniqlab, hal etilishini ta’minlaydi. Bu boradagi ishlar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilinib, mas’ul tashkilot rahbarlarining hisoboti tinglanadi.

 

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, murojaatlar harakatini nazorat qilishning yagona elektron portali joriy qilinmoqda.

 

Bosh vazir birinchi qabulini Parkent tumanida o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ilk Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi Parkent tumanida tashkil etildi. Tuman FHDYo binosi yonida joylashgan qabulxonada tadbirkorlar murojaatini hal etish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

 

– Bu yerga kelgan murojaatchi tadbirkorlar dastlab ro‘yxatdan o‘tib, maxsus jihozlangan kutish zalidagi monitor orqali navbati qachon kelishini kuzatib turishadi, – deydi Parkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Ziyodbek Yo‘ldoshev. – Navbati kelgach, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiriga uchrashadi. Shundan so‘ng tadbirkorni qiynayotgan muammo va masalalar hokimlik, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri, bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mana bu videokonferens zalimizda esa tadbirkorlarimiz bevosita Bosh vazir bilan onlayn muloqotda bo‘lishadi.

 

Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur qabulxonaning ochilishida shaxsan o‘zlari qatnashib, bu tizimning qanday ishlashini ko‘rsatib berdi. Quvonarlisi, o‘sha kunning o‘zida respublika darajasida hal etiladigan 11 ta tadbirkorning masalasini ko‘rib chiqib, 3 tasini joyida hal etdi. 6 tasini hal etish uchun tegishli vazirlik va tashkilotlarga ko‘rsatma bergan bo‘lsa, ikkitasiga tushuntirish berildi.

 

Shu vaqtga qadar tadbirkorlarning viloyat va respublika miqyosida hal etiladigan masalalari uzoq vaqt talab etilardi. Ayniqsa, ortiqcha ovoragarchiliklar mahalliy tadbirkorlarning ham, investorlarning ham hafsalasini pir qilib, tadbirkorlik rivojiga katta to‘siq bo‘lardi. Endilikda tadbirkor va investorlarni qiynayotgan muammolar Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari orqali tezkor hal etilib, tadbirkorlarning vaqti ham, naqdi ham tejaladi. Natijada hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari keng rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi farovonligi yaxshilanadi.

 

Bugungi kunda tumanda 1700 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan. 21 ta qo‘shma korxona ham bor. Asosan, ular savdo xizmati, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. Hududda turizm sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, eko va gastronom yo‘nalishi keng rivojlanmoqda. Joriy yilda 4 ta mehmonxona va 50 ga yaqin oila mehmon uylari ishga tushiriladi. Kelgusida tumandagi 1460 gektar suvli g‘alla maydoni uzumchilikka aylantiriladi. Buning natijasida yillik daromad 10 baravarga ortib, eksport hajmi 60 mln. AQSh dollariga oshadi.

 

Demak, hududlarda tadbirkorlik keng rivojlanmoqda, faqat ishbilarmonlarni qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida ko‘mak bersak kifoya. Bu borada joriy yilning 1 iyunidan o‘z faoliyatini boshlaydigan Bosh vazirning hududlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Rustam YuSUPOV

30.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar