2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onada tibbiy xizmat sifati qay darajada?

Farg‘ona viloyatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina joriy yilda sohadagi maqsad hamda vazifalarni bajarish uchun barcha manbalar hisobidan 186,6 milliard so‘m va 26,7 million AQSh dollari yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Aholi salomatligini mustahkamlash, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida zamonaviy sharoit yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashida, ertangi kunga ishonchi yanada ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ham inson omiliga bo‘lgan e’tibor mujassam. Shahar va tumanlarda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda Investitsiya dasturi asosida viloyatda 14 ta, “Obod qishloq” dasturiga ko‘ra 31 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Sohadagi muammolarni amaliy hal etish ishlariga ham muhim e’tibor qaratilmoqda.

 

4.JPG

 

Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda tibbiyot muassasalarining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati o‘rganilib, tahlil qilinganda ayrim muammolar o‘rtaga tashlandi. Sohada ko‘rilayotgan choralarga qaramay, umumiy kasallanish ko‘rsatkichlari orasida qon va qon yaratuvchi, nafas olish a’zolari hamda oshqozon-ichak kasalliklari ko‘rsatkichlari yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tizimdagi mavjud tibbiy texnika va asbob-uskunalarni yangilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Ularning qariyb 40 foizi ma’nan eskirgani, 2,4 foizi yaroqsiz ekani ma’lum bo‘ldi. Bu kabi muammolarni amaliy hal etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ijrosi to‘liq ta’minlanmoqda.

 

6.JPG

 

Quva tuman aholisi 252 mingdan ziyod bo‘lib, ularga 6 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 5 ta qishloq vrachlik punkti, ko‘p tarmoqli poliklinika va markaziy shifoxona xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan yilda 81, 83, 79-sonli qishloq oilaviy poliklinikalarida qurilish ishlari olib borilib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Qishloq aholisining malakali shifokor maslahatini olish uchun tuman yoki viloyat markaziga qatnagani ham haqiqat. Bugun esa bunga hojat qolmadi. Oilaviy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimlaridan tashqari, jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi kabi tor mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, har bir poliklinika tarkibidagi ijtimoiy dorixona va tez tibbiy yordam xizmati birinchi yordam uchun ishlatiladigan dori vositalari bilan to‘liq ta’minlandi.

 

– Bugungi kunda tibbiyot sohasidagi islohotlarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida his etmoqda, – deydi Quva tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Alisher Sotvoldiev. – Eng chekka hududda ham tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, patronaj xizmatini takomillashtirish, har bir oilaga kirib borish va salomatligidan xabardor bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga muhim e’tibor qaratmoqdamiz. Ayniqsa, tibbiyot sohasi uchun ajratilgan mablag‘larning ko‘paygani ish sifati va samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Ayni kunlarda 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bunyod etilmoqda. Bir qator tibbiyot muassasalarimizda rekonstruksiya ishlari bajarilmoqda.

 

8.JPG

 

Aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish kabi ishlar ham doimiy e’tiborda. Hozirga qadar 25 ming nafarga yaqin tug‘ish yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Patronaj hamshiralar har bir oila bilan ish olib bormoqda. Amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida aholining o‘z salomatligiga e’tibori kuchaydi.

 

Qaqir qishlog‘idagi 81-qishloq oilaviy poliklinikasi 19 mingdan ziyod aholiga yangicha mezonlar asosida xizmat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, kunduzgi shifoxona, fizioterapiya va tish davolash xizmatlari, tez tibbiy yordam shoxobchasi faoliyatidan aholi mamnun.

 

10.JPG

 

– Turli kasalliklarning oldini olish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishidir, – deydi poliklinika bosh shifokori Adhamjon Rohibjonov. – Shifokor va patronaj hamshiralar o‘zlariga biriktirilgan hududlardagi oilalar tibbiy-ijtimoiy holatini o‘rganmoqda. Ayni kunlarda 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga ham alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

 

Ha, bu kabi ezgu ishlar xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 

Ma’sudjon SULAYMONOV, Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

27.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar