2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Besh tashabbus Urgutning olis qishlog‘ida aks-sado berdi

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida ilgari surilgan besh tashabbusni hayotga tatbiq etish borasida Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda viloyatning barcha shahar va tumanlarida har bir yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Besh tashabbusni Urgut tumanida namunali tarzda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Samarqand viloyati hokimi tomonidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

 

photo5415612023049398975.jpg

 

Ana shu dastur asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi, Urgut tumani hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tumanning olis Mirzobog‘lon-Chep mahallasida tashkil etilgan “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida o‘tkazilgan festival nafaqat yoshlar, balki keng aholi qatlamini qamrab oldi.

 

Dastlab “Hokim va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazilib, yoshlar hokimlik vakillari va deputatlar bilan muloqot qildi. Yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olib, yoshlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, tadbirkorlik sohasida ish olib borayotgan faol yoshlar tomonidan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida biznes-treninglar o‘tkazildi.

 

photo5418114644658203127.jpg

 

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish maqsadida mahalla yoshlari uchun viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahna asarlari, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan kinofilmlar namoyish etildi. Yosh rassom va hunarmandlarning ko‘rgazmalari o‘tkazildi. O‘zbekiston yozuvchilar va badiiy ijodkorlar uyushmalari a’zolari ishtirokida qishloq yoshlari uchun mahorat mashg‘ulotlari uyushtirildi.

 

Aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan turli tanlovlar, kitob taqdimotlari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar ham unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

 

photo5418114644658203131.jpg

 

– Bir necha kun oldin shunday tadbirni Paxtachi tumanining Qarnab qishlog‘ida o‘tkazgan edik, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi o‘rinbosari E.Ulug‘murodov. – Bu galgi festivalimiz yana ham keng qamrovda o‘tkazilib, qishloqning barcha yoshlarini tadbirlarimizga jalb etdik. Maqsad – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus mazmun-mohiyatini ularga yetkazish, buni o‘z hayotlariga his qilishlariga imkon yaratish hamda olis qishloqlardagi yigit-qizlarning orzu-intilishlaridan xabardor bo‘lish va ularning amalga oshishiga ko‘maklashishdan iborat.

 

Shu kuni mahallaning barcha yoshlari o‘nga yaqin sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda o‘z mahoratini namoyish etdi. Qishloq yo‘llari bo‘ylab yuzdan ortiq yigit-qizlar yugurish marafonida qatnashdi. Mahalla hududidagi xiyobonda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

photo5418114644658203134.jpg

 

– Marafonda qatnashib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldim, – deydi 73-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Yashin Abdullaev. – Barchamiz juda katta ishtiyoq bilan musobaqalarda ishtirok etdik. Boshqa tadbirlarida ham tengdoshlarimiz o‘z iqtidorlarini ko‘rsatdi. Bunday tadbirlar qishlog‘imizda tez-tez o‘tkazilishini istaymiz.

 

Festival yakunida mahalla markazidagi amfiteatrda tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Poytaxtdan kelgan va samarqandlik taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA

24.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar