
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 13-17 may kunlari boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari haftaligi” institut istiqboli uchun muhim boʻlgan “Talaba – talabaga ustoz, talaba – talabaga shogird”, “Katta kurslar - kichik kurslar uchun yadro boʻlishi zarur”, “Talaba tashkil qiladi, oʻtkazadi, yaratadi” degan tamoyilni yuzaga keltirdi.
Bu tamoyillar haftalik doirasida talabalar istaklarini qondirish, intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, faoliyatini ragʻbatlantirish hamda imkoniyatlarini kuzatish, oʻrganish va natijadorligini tahlil qilish asosida yuzaga keldi.
Jumladan:
13 may kuni 1-tashabbus boʻyicha yoshlarni rassomlik sanʼatiga qiziqtirish maqsadida rangtasvir, qalamtasvir, amaliy sanʼat, haykaltaroshlik yoʻnalishi boʻyicha “Olam va odam ranglar inʼikosida” nomli tanlov oʻtkazildi. Tanlovda tabiiy, aniq va ijtimoiy yoʻnalishdagi talabalar hamda umumtaʼlim maktabi oʻquvchilaridan iborat jami 73 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
14 may kuni 2-tashabbus boʻyicha “Sport – tarbiyalaydi, yuksaltiradi, chiniqtiradi” shiori ostidagi soat 07.30 dan 08.45 ga qadar 3 km masofaga marofon, 11.50 da auditoriyada 5 daqiqalik jismoniy mashqlar oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻulotlaridan soʻng voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka musobaqalari boʻyicha talabalar kuch sinashdi. Mazkur tadbir 1,5 mingga yaqin talaba-oʻqituvchini qamrab oldi.

15 may kuni 3-tashabbus boʻyicha “Kompyuter bilimdonlari” tanlovi doirasida grafik muharrirlar yordamida institut bannerini yaratish, taqdimot muharrirlari yordamida taʼlim mutaxassisligini yoritib beruvchi taqdimot tayyorlash, matn terish sanʼati hamda “Paskal”, “C++” dasturlash tillari yordamida dastur yaratish boʻyicha 74 nafar talaba bir-birlari bilan kuch sinashdi.
16 may kuni 4-tashabbus boʻyicha institutda anʼanaga aylangan “1 oyda 10 kitob – 1 yilda 100 kitob bilan doʻstlashdim” tanlovining final bosqichi, ijodkor talabalarning “Bahor valsi” sheʼrlar toʻplamining taqdimot marosimi, “Oʻzbekiston” NMAK va “Sharq” NMAKda nashr qilingan kitoblar yarmarkasi, “1 rahbardan 10 kitob”ning may oyi aksiyasi boʻlib oʻtdi.
17 may kuni 5-tashabbus taʼlim olayotgan talaba-qizlarni 22 ta kasb boʻyicha “Mahorat darsi” namoyish qilishi uchun sharoit yaratdi. Bu tadbir qizlarni oilaga tayyorlashga, oʻz mehnatidan manfaatdorlik koʻnikmalarini shakllantirishga, egallagan hunarini boshqalarga oʻrgatishga va shu orqali ishsizlik va dangasalikka barham berishga doir bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.


Oybek Yunusov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |