
osh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev 10-may kuni Byuroning Mirobod tuman bo‘limida poytaxtning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Chilonzor, 11-may kuni esa Yunusobod tuman bo‘limida Shayxontohur, Yunusobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabullarni o‘tkazdi.
Ushbu qabul kunlarida yuzdan ziyod fuqaro va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi. Murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Xususan, Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro G. Xudoyorovaning xonadoniga hisoblash uskunasini qo‘ydirishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda fuqaro M.Yo‘ldoshevaning qarzdorligini qoplash masalalariga oid murojaatlari hamkor idoralar bilan tegishli tartibda yordam ko‘rsatish orqali hal etish uchun nazoratga olingan.
Ma’lumot o‘rnida: MIB direktorining sayyor qabullari hozirda Toshkent viloyati hududlarida davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |