Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabul chog‘ida 12 kishi jazodan ozod qilindi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov hamda Oliy sud sudyalari Jomboy va Samarqand tumanlaridagi Xalq qabulxonalarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazdi.

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralarni ko‘rish maqsadida o‘tkazilgan qabullarda 200 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

 

image_2019-05-14_09-35-39.png

 

Qabullar jarayonida qayd etilgan 57 murojaatning 27 tasi joyida qanoatlantirildi, 16 tasi bo‘yicha asosli tushuntirish berildi va 14 tasi nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi.

 

Murojaatlar asosida 12 nafar fuqaro jazodan shartli ravishda ozod qilindi, yana 12 kishiga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirildi.

Jumladan, fuqaro A.Sobirov 2018 yil 4 dekabr kuni ISUZU avtotransport vositasini Urgut tumani Mergancha mahallasi hududida boshqarib kelayotib, yo‘l harakati qoidalarining bir qator bandlari talablarini buzishi oqibatida piyoda O.Hamidovni urib yuboradi. Yo‘lovchi og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etadi.

 

image_2019-05-14_09-35-59.png

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi asosida sud A.Sobirovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan.

 

Jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilganda jabrlanuvchi sudlanuvchiga nisbatan bo‘lgan da’vosidan voz kechgani, uni qamoqdan chiqarishni so‘ragani va boshqa omillar hisobga olinib, A.Sobirovga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, qamoqdan ozod qilindi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA

14.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar