
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 4-sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Qurbonov sayyor qabul o‘tkazdi.
Ommaviy sayyor qabulda Yangiyo‘l shahar sektor rahbarlari, tegishli tashkilot mas’ullari, shahar fuqarolari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi ma’lum qildi.
Qabulda fuqarolarning uy-joy, yo‘l-transport, tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmat kabi yo‘nalishlarga oid 80 ga yaqin murojaati tinglanib, aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, Navro‘z mahallasi bir guruh faollarining mahalla hududidagi mutlaqo talabga javob bermaydigan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan bildirgan murojaati shu joyning o‘zida hal etildi. Mahallaning mazkur ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullariga vazifa yuklanib, ijrosi nazoratga olindi.

– Uyingning ta’mir holati to‘kilib tursa va uni to‘g‘rilashga imkoning bo‘lmasa, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y orasida xijolat bo‘lar ekansan, – deydi Rayhon ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro T.Toshmatova. – Yurtimizda rahbarlarning xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqot qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani yaxshi ish bo‘ldi. Shu asosda uyimizga soliq sektori vakillari kelib, muammoimizni o‘rganishdi va yaqindagina uyimizni ta’mirlab berdi.
Ushbu xayrli ish uchun rahbarlarimizga minnatdorchilik bildirish maqsadida qabulga keldim.

Sayyor qabulda ijrosi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Viloyat sektor rahbarlarining joylardagi sayyor qabullari belgilangan reja-jadvallar asosida davom etmoqda.
A.XUDOYQULOV, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |