2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tomorqa yer maydonlari qancha va ulardan qanday foydalanilmoqda?

“Tomorqa qo‘shimcha daromad manbai” tamoyili asosida yerdan yiliga ikki-uch marotaba hosil olib, kelayotgan dehqonlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda. Ilm-fan yutuqlarini o‘z tomorqalarida joriy qilayotgan tadbirkor dehqonlarimiz ham anchagina.

Xo‘sh, bu borada ularga yaqin ko‘makchi bo‘ladigan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qanday yordam bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida kengash fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yerdan samarali foydalanish, ularga amaliy yordam berish va aholi daromadlarini oshirish borasida qanday ishlarni amalga oshirdi?

 

– Barcha sharoitlar yaratib berilishiga qaramasdan 2018 yilda 69,4 ming aholi xonadonlaridagi 4 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekilmasdan qoldirilgan, – deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Husanjon G‘iyosov. – Bu ko‘rsatkich Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Andijon viloyatlarida ancha yuqori edi. Sababi, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnik resurslari – urug‘liklar, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, texnika vositalari, imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilmagani va xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma yaratilmaganida ekani aniqlandi.

 

Agrar sektordagi mana shu va boshqa muammolarni bartaraf etishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, hududiy viloyat, tuman kengashlari va tumanlar kengashlari qoshida tashkil etilgan “Tomorqa xizmati”ning alohida o‘rni bor. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalarining bu ishga jalb qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.

 

Joylarda tashkil etilgan ishchi guruhlari faoliyati va boshqa tashkiliy – tizimli ishlar endilikda ijobiy natijalar bermoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 4 579, 1 mingta aholi xonadonlari mavjud bo‘lib, ularning ixtiyorida 434,8 ming gektar tomorqa yer maydoni mavjud. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 445 ming gektarni tashkil etgan.

 

Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, aholi tomorqa yer maydonlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu esa aholi sonining ortishi va yangi oilalarning paydo bo‘lishi hamda turar joylar qurilishi bilan bog‘liq.

 

Tomorqa yerlari yil sayin kamayayotgan ekan, xalqimizga tomorqadan unumli foydalanish, yiliga ikki-uch marotaba hosil olishni o‘rgatishimiz va bu sohada ilg‘or tajribani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda yiliga ikki-uch marotaba hosil olinayotganini hisobga olsak, taxminan 800-900 ming gektar tomorqa yerlarida ekish ishlari amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.

 

Joriy yilda 4 million 564 mingta aholi xonadonida uyma-uy yurib o‘rganish va ish tashkil qilish natijasida ulardagi 435,1 ming gektar, o‘tgan yilga nisbatan 28.1 ming gektar ko‘proq tomorqa yerlariga ekinlar ekildi. Shundan, 97.4 ming gektariga to‘qsonbosti, 305,2 ming gektariga ertaki ekinlar ekildi.

 

Tumanlarda tashkil etilgan ikki yuzdan ziyod “Tomorqa xizmati” 224 ming 994 xonadonga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatdi. Jumladan, 908 ta xonadonga ixcham issiqxonalar qurib berildi, 85 ming 280 ta xonadonga mevali ko‘chat, 129 ming 393 ta xonadonga sabzavot urug‘lari, 90 xonadonga 229 asalari oilasi, 434 ta xonadonga qoramol kabilar yetkazib berildi.

 

Sayyora ShOEVA, O‘zA

10.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar