2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qahramonlar doim qadrlanadi

Tinchlik uchun kurashgan insonlar har doim yuksak e’tibor va hurmatga loyiq. Ular haqiqiy ma’nodagi qahramonlardir.

Mana shunday ezgu maqsad yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasi esa muqaddas. Shu bois xalqimiz Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini doim hurmat bilan yod etadi.

 

Olovli janggohlardan omon qaytgan, front ortida mehnat qilgan, mashaqqatli sinovlarni matonat bilan yenggan, hozir ham hayot bo‘lgan insonlar esa doim ardoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori shu maqsadga xizmat qilmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansamblining san’atkorlari bilan birga Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yong‘in xavfsizligi xizmatida faoliyat olib borgan va hozirgi kunda iste’fodagi bir guruh faxriylarimiz xonadoniga borib, ularning holidan xabar oldi.

 

index.jpeg 8 май 2.jpeg

 

Faxriylar bilan suhbat chog‘ida beshafqat urushda bo‘lib o‘tgan voqealar, xizmat vaqtidagi unutilmas jarayonlar haqida tinglab, urushning ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, hamisha shukronalik bilan yashash haqida so‘z bordi.

 

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi. Unda xizmat xodimlari, 40 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

 

Tinchlik, mehr-oqibat, sadoqat, jasorat kabi mavzularda kuylangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida faxriylarga bayram dasturxoni yozildi.

 

Muattar RO‘ZIBOEVA, O‘zA

08.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar