Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Oliy sud raisining o‘rinbosari oilaviy ajrimlarning oldini oldi

Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov Andijon viloyatining bir qator hududlarida bo‘lib, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashdi.

Oliy sud Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlab, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda notinch oilalar, ajrim yoqasiga kelib qolgan er-xotinlar bilan suhbatlashdi, ularni yarashtirish choralari ko‘rildi.

 

Natijada o‘nga yaqin oila ajrashish fikridan qaytib, yarashtirildi.

 

Andijon shahar Xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda Oliy sud raisi o‘rinbosari va Oliy sud sudyalari fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlari tinglandi.

 

Shu kuni X.Yodgorov xalq deputatlari Paxtaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zga chiqib, tumanda oilaviy ajrimlarning mavjudligi, viloyatda nikohni bekor qilish bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rilishi, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillar haqida fikr bildirdi.

 

Bu masalalarda sud idoralari, tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla, yarashtiruv komissiyalar faoliyatidagi kamchiliklar tahlil qilindi.

 

X.Yodgorov Bo‘z tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muhokamalarda o‘z munosabatini bildirdi. Oilalar mustahkamligini ta’minlashda jamoat tashkilotlarining o‘rni va oldinda turgan vazifalar xususida takliflarini bildirib o‘tdi.

 

Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorovning joylarda aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda. 

 

O‘zA

05.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar