Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda fuqarolarga uy berildi

Angren va Ohangaron shaharlarida Toshkent viloyati 4-sektori, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi A.Qurbonovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda mazkur shaharlar sektor rahbarlari, tegishli tashkilot masʼullari, shahar fuqarolari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi maʼlum qildi. 

Qabulda 100 dan fuqaroning murojaati tinglanib, aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi. Xususan, Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Vasila Nurumbetovaga 2 xonali uy, yaʼni Ohangaron shahar Yangilik mahallasi hududidagi 1-uyning 7-xonadoni berildi. Sayyor qabul doirasida masʼullar V.Nurumbetovaning yangi xonadonida boʻlib, xonadon sohibasining farzandlariga yangi kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi. 

photo_2019-04-27_12-45-44.jpg

– Ayni paytdagi quvonchimni soʻz bilan ifodalab berolmayman, – deydi V.Nurumbetova. – Shu paytgacha bitta uyda 3 ta oila istiqomat qilar edik. Shu boisdan yashash sharoitimiz ham ancha qiyin edi. Ushbu zamonaviy xonadonda hamma qulayliklar borligini koʻrib, koʻzlarimga yosh keldi. Juda ham qattiq hayajondaman. Nazarimda xuddiki tush koʻrayotgandekman. Agar bu rostdan tush boʻlsa, meni uygʻotmasliklarini istardim. 

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar yillar davomida qiynab kelayotgan muammosi ushalgani uchungina ularga tushdek tuyulayotgan ehtiyojmand aholining orzusini roʻyobga chiqarishga zamin yaratmoqda. 

photo_2019-04-27_12-45-46.jpg

Sayyor qabulda shuningdek, Angren tumanida istiqomat qiluvchi uy-joyga ehtiyojmand 3 fuqaro ham uy bilan taʼminlandi. Xususan, Malika Mahmudovaga Taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan 20-uyning 22-xonadoni, 2-guruh nogironi Saida Bekmatovaga Karvon mahallasidagi 2-uyning 10-xonadoni va yana bir 2-guruh nogironi Gulnoza Jumaboyevaga Ohangaron tumani hududidagi 8-uyning 2-xonadoni kaliti tantanali ravishda topshirildi.

A.Xudoyqulov, OʻzA

28.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar