
Qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Kecha Xorazm viloyatining Xazorasp va Shovot tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari B.Isakov va Oliy sud sudyalari, shuningdek, Xorazm viloyati jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud raislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bo‘limlari bilan hamkorlikda fuqarolarning tizimga daxldor murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning echimlari qonun talablari asosida hal qilindi.
Sayyor qabulda 124 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 29tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 16tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha, 73tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha va 6tasi iqtisodiy sudga taalluqli masalalar yuzasidan kelib tushdi. Shundan 25ta shikoyat nazorat tartibidagi o‘rganish uchun qabul qilinib, 99ta murojaat yuzasidan fuqarolarga ularning mavjud huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik tamoyillari asosida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instantsiya sudlarida bir nafar va apellyatsiya instantsiyasida bir nafar sudlanuvchi sud zalida qamoqdan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Oliy sud raisi o‘rinbosari B.Isakov tomonidan xalq bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yig‘ilishda sud-huquq sohasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini yanada izchil hamda samarali muhofaza qilish yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuni ta’kidlash joizki, jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi tomonidan 2019 yilning I choragida 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilib, 15 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.
O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |