2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muzrabot tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari A.Usmonov Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.

Tuman markazidagi dam olish va istirohat bogʻida oʻtkazilgan sayyor qabulda 172 nafar fuqarodan 212ta murojaat kelib tushdi. Eng koʻp murojaat sud-huquq, uy-joy, yer ajratish, sogʻliqni saqlash, aholi bandligiga doir boʻldi. 

 

Sayyor qabulda 78ta muammo joyida hal etildi. Boshqacha aytganda, murojaatlarining 41 foizi ijobiy bartaraf etildi. Misol uchun, tumandagi “Yangi diyor” mahallasida yashovchi fuqaro Nargiza Nurmuhammedova, “Yangi diyor” mahallasidan Gulchehra Bobonazarovaga davolanish uchun order ajratilib shu kunning oʻzida shifoxonaga yuborildi. “Bodomzor” mahallasidan Abdumurod Odinayevning ichki yoʻllarini va koʻprikni taʼmirlash borasidagi murojaati yuzasidan tuman xokimi topshirigʻiga koʻra yoʻllarga tosh toʻkish koʻprikni taʼminlash ishlari zudlik bilan boshlab yuborildi.

 

Tumandagi “Navroʻz” mahallasidan Oyzoda Azimova nabirasi Dinara Ismatovani Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻladigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yordam soʻrab qilgan murojaati ham shu joyning oʻzida hal etildi. 

 

photo5332695076649937528.jpg

 

Dinara tumandagi 14 maktabning 4-sinfida oʻqiydi. Taekvondo boʻyicha bir qator respublika va xalqaro musobaqalar gʻolibi. Otasi va bobosi avtohalokat tufayli vafot etishgan. Bu chempion qizimiz 15 mayda boʻladigan xalqaro musobaqada ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan boʻldi. Homiylikni esa “Muzrabot bunyodkori” MCHJ jamoasi oʻz zimmasiga oldi. Shuningdek Qurbonsoat Jabborovning R-6 kanalining 3 kilometri agʻnab K-5 kanaliga tushganligi natijada 2 yildan buyon 358 xonadon sohiblari shaxsiy tomorqalarini suvlashda qiynalishayotgani, 350 gektar paxta maydoni izo va shoʻr suv bilan sugʻorilayotganligidan shikoyat qildi. Bu masalaga ham tegishli mablagʻ ajratilib, “Amu Surxon irrigatsiya” tizimlari havza boshqarmasi va “Surxondaryosuvqurulishinvest” DUK tomonidan bartaraf etiladigan boʻldi.

 

Qabulda tadbirkorlar Abduqodir Hamdamov, Oybargun Moʻminova, Chori Safarqulov, Xasan Boyqobulov tuman dehkon bozori yonidagi doʻkonlari buzilishi haqida ogohlantirish olganliklarini aytib shikoyat qilishdi. Bu borada agar bozorni qayta qurish va kengaytirish maqsadida yoʻl yoqasidagi savdo doʻkonlari buzilsa ularga yer ajratilishi, imtiyozli kredit yoki doʻkon berilishi vaʼda qilindi. Bu masalani ijobiy hal etish tuman xokimi oʻrinbosari Ahmad Yoʻldoshevga yuklatildi.

 

Fuqaro Sharifjon Chorshanbiyev tumandagi “Oriyat” mahallasida yashayotgan 500 xonadon sohiblari yopiq drenaj ishlamayotganligi sababli yer osti sizot suvlari yaqinlashgani tomorqalar shoʻrlab ketayotgandan aziyat chekishmoqda dedi. Bu muammo ham tegishli tashkilot zimmasiga yuklantirilib, maʼlum muddat belgilandi.

 

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, sayyor qabulga kelgan fuqarolar muammolari ijobat topganligi yoki qatʼiy nazoratga olinganligi tufayli xursand boʻlishdi. Qabul davomida 10ta murojaatga asosli huquqiy javob berilgan boʻlsa, 115tasiga muddat belgilanib nazoratga olindi.

 

OʻzA

25.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar