Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da besh tashabbusni amalga oshirish boʻyicha masʼullar va chora-tadbirlar belgilandi.Unga koʻra, tumandagi 135 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabini 3 turdagi (rubob, dutor, doira) musiqa asboblari bilan taʼminlash orqali qoʻshimcha 150 ta toʻgarak tashkil etiladi. Shuningdek, maktablarda havaskor yoshlar teatr va ansambllari tuziladi.
Tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar ishchi-xodimlari, oʻquvchilar, katta yoshdagi aholi oʻrtasida ertalabki gimnastika mashgʻulotlari, haftada bir kun sport tadbirlari yoʻlga qoʻyiladi.
Urgut markaziy madaniyat va aholi dam olish maskanida, tuman markazidagi musiqa maktabida, amfiteatrda va boshqa aholi gavjum maskanlanda wi-fi hududi tashkil etiladi.
Umumtaʼlim maktablari, bogʻchalar va mahallalarga 18 mingdan ortiq kitob tarqatiladi. Tumanning olis qishloqlarida tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish hisobiga 400 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlanadi. Besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish doirasida 600 nafar yoshlarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish rejalashtirilgan.
Gʻolib Hasanov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |