2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolning qurigan maydonida yashil oazis barpo qilinmoqda

Mo‘ynoqdan 200 kilometr shimolda, avvalgi Vozrojdenie oroli maydonida ya’ni Orolning qoq markazida mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekilib, yashil oaziz barpo qilinmoqda. Ushbu loyihaga qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zinoviy Noviskiy rahbarlik qilmoqda.

– Ushbu maydonga 16 turdagi o‘simlik turlarini ekkanmiz. Ularning ichida o‘rik, olma, olcha, jiyda, tut, uzum kabi meva daraxtlari, golland atirgullari, tuya kabi manzarali daraxtlar ham bor, – deydi Z.Noviskiy. – Bizga ushbu o‘simliklarni sug‘orish uchun quduqlar kerak. Quduqlar, shuningdek, chorva mollarini sug‘orish uchun, umuman flora va faunaning rivojlanishi uchun kerak.

 

Olimning ta’kidlashicha, ushbu maydonda yashil oazis yaratish tajriba tariqasida amalga oshirilyapti. Kelajakda bu yerda sayyohlar tashrif buyurib, go‘zal tabiat qo‘ynida maza qilib dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

 

Ushbu hududlarda ekstremal, o‘quv-ma’rifiy hamda yaylov turizmlarini rivojlantirish mumkin. Talabalar tabiat qo‘ynida o‘quv amaliyotini o‘tkazsa, sayyohlar tuyalarda, otlarda, kvadrasikllarda barxan qumlar uzra sayr qilishi, shubat, ayron, qimiz ichib sog‘ligini mustahkamlashi mumkin va hokazo.

 

Bugungi kunda dengizning qurigan maydonining 468 ming gektariga saksovul ekilgan bo‘lsa, shundan 100 ming gektaridan ortiq maydonida urug‘lar unib chiqa boshlagan. Orolqumda bahor kech kelishini hisobga olganda, bu hali hammasi emas, – deydi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari. – Aprel oxiriga qadar boshqa maydondagi saksovullar ham bo‘y cho‘zadi. Bu yilgi qishda qorning mo‘l bo‘lgani, bahorning yomg‘irlatib kelgani boshlangan xayrli ishlarga hamohang bo‘ldi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, dengizning qurigan maydoniga ekilayotgan saksovullar orasiga xitoylik mutaxassislar sistanxe o‘simligini ekish loyihasi bilan qatnashmoqchi. sistanxe o‘simligi cho‘lda o‘sadigan parazit o‘simlik turi bo‘lib, ko‘pincha saksovullarning tubida yetiladi.

 

Sahro jenщeni deb nom olgan ushbu o‘simlik, aslida jenщendan 5 karra kuchli ekanligi ta’kidlanadi. Mahalliy aholi uni oltin tomir deyishadi. Xalqaro bozorda tomirining 1 kilosi 200 dollardan 500 dollargacha baholanadi.

 

Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan har gektar maydondagi ekilgan saksovullar kuzatuvga olingan. Ekilgan saksovul 2-3 yoshidan boshlab natija bera boshlaydi, ya’ni 2-3 yoshida ular Orolqumdan ko‘tarilayotgan chang-to‘zonlarning 20-30 foizini ushlab qoladi. 5 yoshda bu ko‘rsatgich 70-80 yetadi, 7-8 yoshida 100 foiz chang bo‘ronlarini saqlab qolish xususiyatiga ega. Bu yerda faqat saksovul emas, qarabaraq o‘simligi urug‘lari ham ekilgan.

 

2019 yilda 500 ming gektar maydonga ariq tortish ishlari belgilangan bo‘lsa, amalda 1 million 126 ming gektar maydonga ariq qazildi. Ushbu ariqlarga unumdor tuproqlar ko‘chib kelib joylashmoqda. O‘rmon xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan bugungi kunda 250 gektar maydonda pitomniklar tashkil qilingan. 

 

Ye.Qanoatov, O‘zA

18.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar