Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzaev Xovos tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida Xovos va Sardoba tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Sirdaryo viloyati, Xovos hamda Sardoba tumanlari hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, boshqarmalar, bo‘limlar boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlari rahbarlari bilan hududdagi vaziyat, u erda echimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xovos va Sardoba tuman fuqarolaridan 200 nafardan ziyodi ishtirok etgan sayyor qabul avvalida viloyat hokimligi tomonidan nogironligi bo‘lgan 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachalar taqdim etildi.
Viloyat hokimiga murojaat qilgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Xolmirza Qo‘ldoshev, ko‘tarilgan masalaga qarab, shu erning o‘zida tegishli viloyat, tuman, shahar rahbarlari qabuliga yo‘naltirdi. Bundan tashqari, ushbu qabulgacha murojaat qilmay, bugungi sayyor qabulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z muammolari bilan kelganlarning masalalari ham navbat bilan ko‘rib chiqiladi.
Sayyor qabulda o‘z masalalari bilan murojaat etgan 41 nafar fuqarolarning 12 nafari ko‘targan masala qabul jarayoni davomida, ya’ni shu erning o‘zida to‘la qanoatlantirildi. 15 nafar fuqarolarga asosli tushuntirishlar berildi. Qolgan 14 nafar fuqarolarning murojaatlari muddat talab etganligi uchun nazoratga olinib, hal etish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqildi.
Viloyat hokimining hududlardagi sayyor qabuli belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Abdujalol Qayumov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |