
Sergeli tumanidagi “Choshtepa” MFY hududida qurilgan uylarni yosh oilalarga topshirish marosimi tantanali bo‘ldi.
Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yosh oilalar imtiyozli ipoteka krediti asosida uy bilan ta’minlanmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashiga murojaat qilgan nomzodlarning hujjatlari tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, ular orasidan 150 uy-joyga muhtoj yosh oilaga ana shunday imtiyozli uylar berildi.
– Navoiy xalqaro aeroportida ish boshlaganman. 2015 yilda ishim poytaxtga ko‘chdi. Shu kunga qadar oilam bilan ijarada yashab keldik. Rahbariyat mehnatlarimni qo‘llab-quvvatlab uy olish uchun ijobiy tavsiyanoma berdi, – deydi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh dispetcheri o‘rinbosari Izzat Zoirov. – Mana yangi uy kaliti qo‘limizda. Hozir ko‘chib kelish taraddudidamiz.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Yoshlar uylari” 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladi. Uylaring boshlang‘ich – 25foiz badal puli keyinchalik bo‘lib-bo‘lib qaytarish sharti bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilmoqda.
Inobat Ahatova, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |