
Joriy yil 1 fevraldan ayni paytga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi, 4-sektor ishchi guruhi tomonidan aholining qariyb 1 ming 700 muammosi hal etildi.
Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shu’basi ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, joriy yil 1 fevraldan boshlab barcha sektor rahbarlari zimmasiga hududlarda uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish, ularni tahlil qilish va yechimini topish, shuningdek, ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan hozirga qadar 4-sektor, viloyat davlat soliq boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan qariyb 35 ming 500 xonadon o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida 8 ming 600 dan ortiq muammo aniqlanib, 1 ming 672 tasi joyida bartaraf etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan muammolar esa tegishli korxona va tashkilotlar zimmasiga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, tuman va shaharlarda tasdiqlangan jadvalga muvofiq sayyor qabullar tashkil etilib, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazilmoqda.
A.Xudoyqulov, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |