2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz xalqiga bayram tabrigi

Aziz vatandoshlar! Jonajon yurtimiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, suyukli farzandlarimiz, butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Qalblarimiz shodlik va quvonchga to‘lgan mana shu nurli lahzalarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.
 
Qadrli do‘stlar!

Bugun ko‘pmillatli xalqimiz dala va qirlarda, maydon va xiyobonlarda,  tabiat bag‘rida sayil-tomoshalar o‘tkazib,  Navro‘z ayyomini kutib olmoqda.

Etti yoshdan etmish yoshgacha – barcha yurtdoshlarimiz katta shodu xurramlik bilan bir-birini qutlab, shu yorug‘ kunlarga etkazgani uchun shukronalar aytmoqda. 

El-yurtimizning tabarruk zaminimizga, ona diyorimizga mehri, o‘zaro ahillik, mehr-oqibat fazilatlari yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shu dilbar faslda tabiatdagi o‘zgarishlarga uyg‘un bo‘lib, jamiyatimiz, hayotimiz ham o‘zgarib, yangilanib bormoqda.

Yangi-yangi uy-joylar, ta’lim, tibbiyot va madaniyat maskanlari, zamonaviy korxonalar, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shmoqda. 

Navro‘z falsafasi, Navro‘z  qadriyatlari – odamlarning dardu tashvishi bilan yashash, keksalarga hurmat, muhtoj insonlarga e’tibor va yordam ko‘rsatish, adolat va xalqparvarlik faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. 

Biz eng avvalo onalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz, butun xalqimizni rozi qilishni o‘z oldimizga ezgu vazifa qilib qo‘yganmiz. Va bu oliy maqsadga albatta erishamiz. Shunda  hayotimiz yanada obod va farovon, buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navro‘z bo‘ladi. 

Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta orzu-niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini boshlamoqdalar. Barchamiz yilimiz qutlug‘ kelsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, mehnatingizdan baraka toping, deb ularni tabriklab, ishlariga rivoj tilaymiz.

Aziz do‘stlar!

Mana, bir necha yildirki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga muvofiq Navro‘z bayrami xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda.

Haqiqatan ham, bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng go‘zal va olijanob tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shu bois ham, Navro‘zi olam mustaqillik yillarida, millati, tili va dinidan qat’i nazar, diyorimizda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning  ardoqli va sevimli bayramiga aylandi.

Bugun chet el diplomatik korpus vakillari, xorijiy do‘stlarimiz va hamkorlarimiz Navro‘z quvonchini biz bilan birga baham ko‘rmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, aziz mehmonlarimizga, barcha yaqin va uzoq davlatlar xalqlariga samimiy tabriklarimizni yo‘llab, ularga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Qadrli va muhtaram yurtdoshlarim!

Mana shu munavvar lahzalarda siz, azizlarga, butun xalqimizga  eng ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. 

Sharqona yangi yilimiz har bir oila, har bir xonadonga baxt va quvonch olib kelsin!

Barcha pok orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!  

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

21.03.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar