2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olti soatda 186 ta murojaat eshitildi. Qanchasi hal etildi?

Mazkur sayyor uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov, Prezident administratsiyasi yetakchi inspektori Shokir Atadjanov, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbari Abdulhakim Eshmuratov, Denov tumanining sektor rahbarlari, viloyat va tuman korxona, tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Qabul jarayonida aksariyat fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi. Xususan, tog‘li Sina qishlog‘idan Sayyora Temirova oilaviy sharoiti yaxshi emasligi va ishlash istagi borligini aytib murojaat qildi. Uning murojaati o‘sha joyning o‘zida hal etilib Sayyora Temirova o‘zining uyiga yaqin bo‘lgan 14 qishloq vrachlik punktiga ishga kirdi. Masalasi bu qadar oson hal bo‘lgan fuqaro xursandligini izhor etishdi.

 

Denov tuman fuqarosi Shodiyev Qurbonali taqdir taqozosi bilan og‘ir sharoitga tushib qolgan. Uning turmush o‘rtog‘i bir necha yildan buyon jigar serrozi bilan og‘riydi. U bugungi kunda turmush o‘rtog‘i uchun dori-darmon olishda moddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Ushbu masala Denov tuman hokimi B.Ibotov va Denov tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Y.Bo‘riyev tomonidan nazoratga olinib, unga moddiy yordam ajratildi.

 

photo_2019-04-08_08-51-21.jpg

 

Qabulda yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga alohida e'tibor qaratildi. Qabulda Denov tumanidagi “Dashti chinor” mahallasi fuqarosi To‘rayev Shohruh tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov To‘rayev Shohruhga kredit ajratilishi bo‘yicha ko‘satma berdi. Shu joyning o‘zida 4-sektor rahbari - Denov tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Odil Yoqubov Shohruhga tumandagi tijorat banki tomonidan 28 million kredit rasmiylashtirish uchun tavsifnoma rasmiylashtirdi.

 

Olti soat davom etgan qabulda 186 ta murojaat eshitildi. Shundan 45 foizi joyida hal etildi. Qolgan 55 foiz murojaatlar nazoratga olindi.

 

photo_2019-04-08_08-51-23.jpg

 

photo_2019-04-08_08-51-24.jpg

 

O‘zA

08.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar