2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 60 ga yaqin murojaat o‘rganildi

Yangiyo‘l shahrida Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda viloyat boshqarma va tashkilotlari, Yangiyo‘l tumani va shahri sektorlari rahbarlari, mazkur tuman va shahar fuqarolari ishtirok etdi.

 

Qabulda tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik, elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi, uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq 60 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori D.Qodirovning murojaatiga asosan ushbu muassasa ta’miri uchun mahalliy budjet mablag‘i hisobidan 100 million so‘m ajratilishi belgilandi.

 

Shuningdek, viloyat hokimi sport murabbiyining turmush sharoiti bilan qiziqib, D.Qodirovning sportda erishayotgan natijalari va oilaviy sharoitini inobatga olgan holda, tajribali murabbiyga bepul 3 xona uy berish bo‘yicha topshiriq berdi

 

Sayyor qabulda ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Muloqot doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 20 nafardan ziyod fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 12 nafariga davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 8 fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

 

Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli 9 aprel kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Avazbek Xudoyqulov, O‘zA

03.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar