
Ohangaron shahrida Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi
Ommaviy sayyor qabulda viloyat boshqarma va tashkilotlari, Angren, Olmaliq va Ohangaron shahri hamda Ohangaron tumani sektor rahbarlari, mazkur tuman va shahar fuqarolari ishtirok etdi.
Qabulda 80 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglanib, aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi Feruza Nishonova uchun bu kun bir umrga unutilmas bo‘lib qoldi. Boisi, 2 nafar farzandi bilan yolg‘iz, boz ustiga jismoniy imkoniyati cheklangan holda ijarama-ijara sarson bo‘lib yurgan bu ayolning murojaatini tinglagan viloyat hokimi F.Nishonovani uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
– Sayyor qabuldagi voqealar rivoji xuddiki shirin bir tushga o‘xshaydi, – deydi F.Nishonova. – Turmushim o‘xshamadi, 2 nafar farzandim bilan yolg‘iz qoldim. Ota-onam olamdan o‘tib ketgani bois ijarada yashashga to‘g‘ri keldi. Bunisi ham etmagandek, 2016 yilda avtohalokat tufayli to‘shakka mixlanib 2-guruh nogironi bo‘lib qoldim. Katta o‘g‘lim 15, kichigi 12 yoshda. Shu holimda topgan-tutganim uyning ijara haqi va ro‘zg‘or tashvishlariga bir amal bo‘ladi. Qabulda viloyatimiz hokimiga shularni aytib, yordam so‘radim. U kishi menga zudlik bilan uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu yog‘i boya aytganimdek, shirin tushga o‘xshardi. Lekin, voqealar tush emas, real hayotda kechayotgan edi.
Mazkur murojaatga mas’ul etib belgilangan Ohangaron tumani hokimligi tomonidan shu joyning o‘zida F.Nishonovaga 2 xonali uy berildi.
Sayyor qabulda ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Muloqot doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, nogironligi bo‘lgan bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli 2 aprelь kuni Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
A.Xudoyqulov, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |