Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Erkinjon Turdimov sayyor qabulda 330 fuqaroning murojaatini eshitdi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Urgut tumanida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda viloyat hokimi bilan birga uchta sektor rahbari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, sayyor qabulda 330 nafar fuqaroning murojaatlari qayd etildi. Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning echimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini suv, elektr ta’minoti, yo‘l, tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari tashkil etdi. 

Sayyor qabulda mas’ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi 1 aprelь kuni muhokama etilishi belgilandi. 

Shuningdek, qabul chog‘ida hududda mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, fuqarolarga tumandagi 11 ta korxonada mavjud 195 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari esa shu erning o‘zida 74 nafar fuqaroga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Jumladan, 31 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joy binosiga egalik huquqi tasdiqlandi. 12 nafar murojaatchining farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi. 

Erkinjon Turdimov 28 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida, 30 mart kuni esa Qo‘shrabot tumanida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. 

G‘.Hasanov, O‘zA

27.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar