2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tursunoy Oxunova – birinchi oʻzbek mexanizator ayoli

Bu yilgi Navroʻz bayrami Toshkent viloyati Chinoz tumanining “Yaxshi niyat” mahallasi aholisi qalbida ana shu jihatlari bilan ham bir umr muhrlanib qoladigan boʻldi.

Chunki koʻklam avvalida shu qishloqda tugʻilib, kamolga yetgan birinchi oʻzbek mexanizator ayoli, ikki karra Mehnat Qahramoni Tursunoy Oxunova sharafiga koʻp yillar avval barpo qilingan-u, soʻng bir qadar qarovsiz qolib ketgan xotira maydoni davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida obodonlashtirilib, goʻzal-fayziyob maʼnaviyat maskaniga aylantirildi. Tursunoy Oxunova byusti restavratsiya qilinib, xotira maydoni qayta qurildi, ancha vaqt qarovsiz qolib ketgan Tursunoy Oxunova muzeyi tiklanib, madaniyat markaziga aylantirildi. Shu munosabat bilan Chinoz tumanining “Yaxshi niyat” mahallasidagi mazkur maskanda oʻtgan tadbirda uch avlod vakillari bir nuqtada jam boʻldi.

 

Tadbirda taʼkidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida izchil amalga oshirilayotgan kuchli insonparvarlik siyosati tufayli inson qadri va xotirasini ulugʻlash, el-yurt ravnaqi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan turli soha vakillarining hurmatini joyiga qoʻyish borasidagi ezgu ishlar koʻlami ham kundan kun kengaymoqda. Mamlakatimizning barcha hududida katta kuch-gʻayrat bilan olib borilayotgan keng qamrovli qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida tarixiy maskanlar, muqaddas qadamjolar, yodgorliklarni obod qilishga doimiy eʼtibor berilmoqda. Chinoz tumanining olis-chekka qishloqlaridan biri – “Yaxshi niyat” mahallasida Tursunoy Oxunova xotira maydonining obod manzil-makonlardan biriga aylantirilgani zamirida ham ajdodlarimizdan meros bunyodkorlik salohiyati va insonparvarlik siyosatining oʻzaro uygʻunligi mujassamdir.

 

Tadbirda Tursunoy Oxunova hayoti va faoliyati bilan bogʻliq ibratli xotiralar yodga olindi. Byust poyi bahoriy gullarga burkandi. Bu hududda shu paytga qadar saylgoh yoki xiyobon boʻlmagan. Ana shunday xayrli tashabbus natijasida katta hayotga qadam qoʻyayotgan yosh oilalarning unutilmas onlari yanada fayzli oʻtadigan boʻldi.

 

Oddiy dehqon farzandi Tursunoy Oxunovaga xos mehnatkashlik, fidoyilik, kamtarlik kabi fazilatlar bugungi avlodlar uchun ham ibrat maktabidir.

 

Mazkur majmuaning yana bir ahamiyatli jihati – bu yerda hududdagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun ochiq darslar oʻtkazish uchun ham imkoniyat va sharoit yaratilgani bilan bogʻliq. Bu taʼlim va tarbiyani uygʻun olib borishga xizmat qiladi.

 

Oʻzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tursunoy Oxunova muzeyining tiklanishi yoshlar qalbida bobomeros qadriyat – “mehnat insonni ulugʻlaydi”, degan oʻlmas gʻoyani, bunyodkorlik ruhini mustahkam qaror toptirishga xizmat qiladi.

 

Bu muzey oddiy dehqon farzandining hayot yoʻlidan soʻzlaydi. Birinchi oʻzbek mexanizator ayoli Tursunoy Oxunova mashaqqatli mehnatlari, irodasi, qatʼiyati va kamtarligi tufayli el-yurt hurmatini topdi. Buni tarixga muhrlangan mana bu suratlardan ham bilish qiyin emas.

 

Tiriklik bahordan, hayot mazmuni farzanddan boshlanadi. Yil hosili bahorga bogʻliq boʻlganidek, oilamizning taqdiri, millatimizning kelajagi ham farzandlar tarbiyasiga bogʻliq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 19 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida ham ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni hayotning ana shunday oʻtkir talablaridan kelib chiqqan holda yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish masalalari keng muhokama qilingani yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishda yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi.

 

Davlatimiz rahbari bu borada belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, mazkur maskanni keng qamrovli maʼrifat markaziga – yoshlarni jismonan, maʼnan va aqlan kamolga yetkazadigan yirik majmuaga aylantirish rejalashtirilmoqda. Muzey binosida tez kunda musiqa va shaxmat toʻgaraklari ish boshlasa, koʻp oʻtmay atrofdagi yerlar ham obodonlashtirilib, katta xiyobon, sunʼiy futbol maydoni, moʻjaz kutubxonalar barpo qilinadi.

 

Inson hayoti ham charxpalakka oʻxshaydi. Yillar oʻtadi, avlodlar almashadi, qadriyatlar evriladi. Biroq har qanday davrda ham inson faqat va faqat peshona teri, mashaqqatli mehnat va bunyodkorligi bilan el-yurt hurmatini qozonishi mumkin. Aslida, bunyodkorlikdan maqsad – obodlik. Bu nafaqat hudud, balki koʻngil obodligi hamdir. Zotan,

 

bunyodkorlik tuygʻusi sogʻlom muhitning, sogʻlom muhit barkamol avlodning, barkamol avlod esa buyuk kelajakning mustahkam asosidir.

 

OʻzA

23.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar