
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari bu safar Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida sayyor qabullar oʻtkazdi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, Samarqand shahar xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda 32 nafar shaxsning murojaati tinglangan. Jizzax viloyatida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda 64 murojaat koʻrib chiqilgan. Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan sayyor qabul ham samarali kechgan.
- Oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda odamlarning dardu tashvishlarini eshitish, ularga yechim topishga harakat qilyapmiz, - deydi Oliy sud raisining oʻrinbosari Xolmoʻmin Yodgorov. - Ochiq muloqotlar chogʻida fuqarolarning jinoiy, maʼmuriy, iqtisodiy va fuqarolik sudlarga oid ishlar yuzasidan kelib tushgan murojaatlari koʻrib chiqildi. Ular orasida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan shaxslar, muqaddam sudlangan shaxslar, oila va nikoh, uy-joy, meros, mol-mulk, ommaviy-huquqiy munosabatlar, maʼmuriy huquqbuzarlik bilan bogʻliq ishlar boʻlib, aksariyati joyida hal etildi.
Misol uchun, Jinoyat ishlari boʻyicha Boyovut tumani sudining 2019 yil 11 martdagi hukmiga koʻra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi va 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan F.Q. va E.A.ning yaqin qarindoshlari orasida olib borilgan tushuntirishlardan soʻng ish boʻyicha yetkazilgan zararning oʻrni qoplangan. Ushbu holat hamda jabrlanuvchilarning daʼvosi yoʻqligi inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanib, sud zalida ozod qilingan.
Sayyor qabul davomida jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tumani sudining 2019 yil 11 martdagi ajrimiga koʻra, Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan 6 nafar sudlanuvchiga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, jazoni oʻtash muassasasidan ozod qilingan.
Sudlar tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar oʻtkazish amaliyoti muammolarni joyida hal etish, aholini ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos qilishga xizmat qilmoqda.
Muattar Roʻziboyeva, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |