2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ikki tumandagi 732 xonadonning tomorqadan samarali foydalanilmayotgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida 12 ming 751 gektar aholi tomorqasi mavjud. Guliston va Mirzaobod tumanlarida bunday ekin maydonlari 2 ming 917 gektarni tashkil etadi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi – 4-sektor hududiga qarashli ushbu tumanlarda bahorgi ekin ekish uchun asosiy maydonlar tayyor holga keltirildi. Ertagi sabzavotlar jami maydonning 355 gektar qismiga ekilib, bu boradagi ishlar davom ettirilayotir.

 

Albatta, hosilning sifati va unumdorligi ko‘p jihatdan urug‘likka bog‘liq, shuning uchun, avvalo, tomorqaga ekish uchun sifatli urug‘lik zaxirasi yaratildi. Serhosil, suvsizlik va kasallikka chidamli mevali daraxtlarning 4 mingdan ortiq tupi tomorqalarga ekib bo‘lindi.

 

– Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik, deb bejiz aytishmaydi, – deydi Guliston tumani Ibrat mahallasida yashovchi Olimjon Rasulev. – Tomorqa orqasidan oilamiz daromadi ortib, dasturxonimizga qut-baraka kirmoqda. Tomorqada ro‘zg‘orga kerakli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiramiz. Bu yil ham karam ko‘chatini o‘zimiz yetishtirib, tomorqaga ekdik. Ko‘chatlarning qolganini qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘larga tarqatdik. Bundan tashqari, asalarichilikni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Hozir 10 quti asalari boqyapmiz.

 

Ibrat mahallasining Sirdaryo ko‘chasida 100 dan ortiq xonadon bor. Bu ko‘chada istiqomat qiluvchilarning asosiy qismi tomorqaga kartoshka, sarimsoqpiyoz, rediska, turli ko‘katlar ekishgan.

 

Ammo hududdagi ayrim tomorqa egalarining hafsalasizligidan ko‘ngil ranjiydi.

 

– Ikki tumandagi 8 ming 886 xonadon o‘rganilib, ularning 732 tasida tomorqadan samarali foydalanilmayotgani aniqlandi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Jo‘rabek G‘oyibov. – Bu xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borildi. Bu kabi harakatlar o‘z samarasini berib, foydalanilmayotgan yer maydonlari qisqarishiga erishilmoqda.

18.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar