Sirdaryo viloyatida aholi tomorqasidagi ekin maydoni 12 ming 751 gektarni tashkil etadi. Shundan Guliston va Mirzaobod tumanlarida 2 ming 917 gektarlik tomorqa hududi mavjud.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi, 4-sektor hududiga qarashli ushbu har ikkala tumanda bahorgi ekin ekish uchun asosiy maydonlar tayyor holatga keltirildi. Ertagi sabzavotlar jami maydonning 355 gektar qismiga ekilib, bu boradagi ishlar davom etayotir.
O‘z navbatida, hosilning sifati va unumdorligi to‘g‘ri tanlangan urug‘likka bog‘liq. Tomorqaga ekish uchun sifatli urug‘likning zaxirasi yaratildi. Mevali daraxtlarning serhosil, suvsizlikka va kasallikka chidamli sara navlarining 4 mingdan ortiq tupi jamlangan bo‘lib, ko‘chatlarning asosiy qismi tomorqalarga ekib bo‘lindi. Bu boradagi agrotexnik tadbirlar qizg‘in davom ettirilayotganini ta’kidlash joiz.
– Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik, deb bekorga aytishmaydi, – deydi Guliston tumani “Ibrat” mahallasida istiqomat qiluvchi Olimjon Rasulov. – Tomorqaga qilgan mehnatimiz evaziga, oilamiz daromadi ortib, dasturxonimizga qut-bataka kiryapti. Har yili tomorqada ro‘zg‘orga kerakli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiramiz. Bu yil ham karam ko‘chatlarini o‘zimiz yetishtirib, dastlabkilarini tomorqamizga ekib qo‘yganmiz. Ko‘chatlarning qolganlarini qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘larga tarqatdik. Bundan tashqari, uyimizda asalarichilikni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Hozirda 10 quti asal ari boqyapmiz.
“Ibrat” mahallasi Sirdaryo ko‘chasida yuzdan ortiq xonadon bor. Bu ko‘chada istiqomat qiluvchilarning asosiy qismi tomorqalarga kartoshka, sarimsoqpiyoz, rediska, turli xil ko‘katlar ekib qo‘yishgan.
Ammo hududdagi ayrim tomorqa egalarining hafsalasizligidan ko‘ngil ranjiydi.
– Ikki tumandagi 8 ming 886 xonadon o‘rganildi. Ularning 732 tasida tomorqalardan samarali foydalanilmayotgani aniqlandi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Jo‘rabek G‘oyibov. – Bu xonadonlarga takroriy kirilib, tushuntirish ishlarini olib borildi. Bu kabi harakatlar o‘z samarasini berib, barcha foydalanmayotgan yer maydonlari qisqarishiga erishilyapti.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |