2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
XOVOSNING YANGI TARIXI YOZILMOQDA

Ayollar yuzidagi tabassum – nainki oilalar, balki xalq hayotining ham o‘ziga xos barometridir. Mamlakatimiz rahbari g‘oyasi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi dasturlardan ko‘zlangan murod-maqsad ham, avvalo, chekka-olis hududlardagi xotin-qizlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun etarlicha shart-sharoit yaratishdan iborat.

Ayniqsa, xotin-qizlarni ham doimiy ish o‘rni, ham uy-joy bilan ta’minlashda o‘tgan yili o‘ziga xos “Mirzacho‘l tajribasi” yaratildi: Mirzacho‘l tumani markazi – Gagarin shahri qisqa mudddatda tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, xususan, eski barak kulbalar o‘rnida yangi-zamonaviy uy-joylar qurilib, bu uylarning katta qismi imtiyozli ipoteka krediti evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnatga layoqati cheklangan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ajratildi. Bu ayollar bandligini ta’minlash, ularning barqaror daromad topib, kredit to‘lashi uchun esa “Mirzacho‘l tikuvchilik majmuasi” barpo qilindi. Bu bilan 300 nafar xotin-qiz doimiy ish joyiga, ham o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mazkur “Mirzacho‘l tajribasi” mamlakatimiz miqyosida keng mashtabda tatbiq etilmoqda. Prezidentimiz shu yilning 19 fevralь kuni Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishish asnosida «Mirzacho‘l tajribasi» asosida Xovos shaharchasining yangi markazini bunyod etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor xotin-qizlarni ham doimiy ish, ham uy-joy bilan ta’minlash maqsadida viloyatda 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish va shu asosda 4 ming 200 dan ziyod xotin-qizni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Mamlakatimiz rahbarining bu ezgu tashabbusi qariyb 40 yildan beri e’tibordan chetda qolgan, og‘ir-murakkab turmush tegirmonida qiynalib kun kechirgan xovosliklarni ruhlantirib, ularning kuchlariga kuch, g‘ayratlariga g‘ayrat qo‘shdi. Xovos eli uyg‘ondi. Shunga yarasha marra ham katta olindi. 

“Guliston siti”dan keyin “Xovos siti” uchun ham tamal toshi qo‘yildi, ramziy qoziq qoqildi. Bu – viloyatda ikkinchi markaziy shahar qurilishiga asos solindi degani. Xovosda oxirgi ellik yil davomida bironta ko‘p qavatli uy qurilmagan. Odamlar eski, tor, zax uylarda yashab kelgan. Yangi markaz hududida esa 5 qavatli 30 ta turar-joy binolari, uylarning birinchi qavatida savdo do‘konlari barpo qilinadi. Ikki sotixli 100 ta arzon uy-joylar, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, tibbiyot muassasasi, madaniyat saroyi va boshqa ko‘plab ma’muriy binolar qad rostlaydi. 

Mana, bu loyihaning ilk natijasi ham bo‘y ko‘rsatdi: Xovos tumani Bunyodkor mahallasidagi qarovsiz, tashlandiq, sho‘r bosgan joyda qisqa muddat – 17 kun ichida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tikuv majmuasi yangidan barpo etildi. Buning natijasida mahalladagi 140 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.

“Sirdaryo baraka chevarlari” korxonasining ochilish marosimida ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan Xovosning yangi tarixi yaratilmoqda, mazkur korxona esa ushbu bunyodkorlik solnomasining ilk mujdasidir.

Majmuaning barpo etilishi bilan tumandagi ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarning moddiy farovonligi oshadi. Shu tariqa ular imtiyozli ipoteka krediti evaziga Xovos siti hududidan qurilayotgan turar joylar bilan ta’minlanadi. Ya’ni, ayollar ham ishli, ham uyli bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘zining uy-joyiga, ish o‘rniga ega bo‘lgan har bir ayolning ortida oilasi, farzandlari, ota-onasi, yaqinlari borligini hisobga oladigan bo‘lsak, qancha xonadonga quvonch kirayotgani, qancha odamning ruhi ko‘tarilib, ularda hayotga, kelajakka ishonch paydo bo‘layotgani biz uchun eng muhim natijadir.

Korxona to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 8 million dona turfa tayyor mahsulotlar – sochiqlar, bolalar va kattalar kiyimlari, choyshablar ishlab chiqariladi. Mahsulotning 60 foizi eksportga, qolgani ichki bozorga yo‘naltiriladi. Xom ashyo esa mahalliy korxonalardan olinmoqda. 
Ayollarning ishli bo‘lishi – sog‘lom oila, kuchli jamiyat barpo qilishning mustahkam asosidir. Ayniqsa, turmushning og‘ir zarbalariga uchragan, mehnatga layoqati cheklangan, murakkab ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning doimiy ish bilan ta’minlanishi – ularning hayotiga yangi mazmun, katta maqsadlar olib kirmoqda.

Xovosda yangi tikuvchilik majmuasining barpo qilinishi katta bayramga aylanib ketdi. Xovos hayotida tom ma’noda Navro‘z – yangi kun boshlandi. Ha, tabiatga hamohang bugun Sirdaryoning eng olis-chekka hududlaridan biri Xovosda ham uyg‘onish fasli boshlandi. Bunyodkorlik ruhi, ertangi nurli hayotga intilish odamlarni yangi-yangi marralarga undamoqda. Aslida ham bunyodkorlik madaniyati, obodlik zavqi, to‘kis-farovon sharoit insonni ham, xalqni ham ulg‘aytiradi.
 

10.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar