2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
SAYYOR QABUL: Yuzdan ziyod fuqaroning arzi tinglandi, oʻnlab shaxslar oilasi bagʻriga qaytdi

Adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan joylarda aholi bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar va uchrashuvlar shu maqsadga xizmat qilmoqda. 

Joriy yilning 4-6 mart kunlari Namangan viloyatining Chust, Yangiqoʻrgʻon tumanlari va Namangan shahar Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining oʻrinbosari X.Yodgorov sayyor qabul oʻtkazdi. Oliy sud sudyalari, Bosh prokuratura xodimlari bilan birgalikda oʻtkazilgan qabul jarayonida aholining jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari koʻrib chiqildi. 

Oliy sud matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, sayyor qabullar davomida 102 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 12 nafar fuqaroning nazorat tartibida arizasi qabul qilindi. 18 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 72 nafar fuqaroga tegishliligi boʻyicha murojaat qilish huquqi tushuntirildi. 

Mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazildi. Natijada ikkita oila yarashtirildi. 

Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2 ta uy-joy nizosi va otalikka eʼtiroz bildirish haqidagi fuqarolik ishlari koʻrilib, yakuniy qaror qabul qilindi. 

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 4 nafar shaxs birinchi instansiya sudlari tomonidan, 3 nafar shaxs apellyatsiya va 2 nafar shaxs kassatsiya instansiyasi tomonidan, jami 9 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi. 

Jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tumani sudining 2016 yil 15 avgustdagi hukmi bilan firibgarlik jinoyati boʻyicha sudlanib, jazoni oʻtayotgan mahkum 1974 yilda Chortoq tumanida tugʻilgan O. H.ning jinoyat ishi uning advokati keltirgan shikoyat asosida Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan sayyor sud majlisida Namangan viloyatida nazorat tartibida koʻrib chiqildi. Natijada u sud zalidan ozod qilindi. 

Sayyor qabul kunlari axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan 80 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida oʻtalmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi. 

Jinoyat ishlari boʻyicha Pop tumani sudi tomonidan Namangan viloyati IIB 6-sonli jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi oʻtkazilib, 16 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinib, jazoni oʻtash uchun manzil kaloniyalariga oʻtkazildi. 1 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 74-moddasi tartibida oʻtalmay qolgan jazosi yengilroq jazoga almashtirilib, oilasi bagʻriga qaytarildi. 

Uychi tumanidagi tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxslar bilan ham suhbat oʻtkazildi. 2 nafar voyaga yetmagan shaxs va 3 nafar jazoni oʻtash uchun qaytarish belgilangan ayollarning arizasi qabul qilindi. Xususan, qaramogʻida keksa onasi va 2 yoshli voyaga yetmagan qizi boʻlgan JKning 131-moddasi bilan sudlanib, tayinlangan majburiy jamoat ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan D.A. shikoyati qabul qilinib, 2019 yil 6 mart kuni viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqildi hamda tuman sudlarining jazoni oʻtash uchun qaytarish haqidagi ajrimlari bekor qilinib, u ozodlikka chiqarildi. 

– Men bu jazoni oʻtash tartibini buzganligim sababli 2019 yil fevral oyida ushbu jazo oʻzgartirilib, sud zalidan qamoqqa olindim, – deydi D.A. – Jazoni ijro etayotgan joyimizga Oliy sud vakillari kelib, men va yana 15 nafar mahkum bilan suhbatlashdi. Men boshimdan oʻtgan holatlarni gapirib berganimda shikoyat yozishimni tushuntirdilar. Yozgan arizam shu kunning oʻzida, yaʼni 6 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan viloyati sudi apellyatsiya instansiyasida koʻrib chiqilib, meni sud zalidan ozod qilishdi. Men qilgan ishimdan pushaymonman va berilgan bu imkoniyatdan toʻgʻri xulosa chiqaraman. 

Xulosa oʻrnida aytganda, sayyor qabullar davomida jami 29 nafar shaxs ozod qilindi. Shulardan 13 nafari sud zalining oʻzida qamoqdan chiqarilib, oilasi bagʻriga qaytarilgan boʻlsa, 16 nafar shaxsga nisbatan jazo yengilrogʻi bilan almashtirilib, jazoni oʻtash joylaridan chiqarildi. 

07.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar