
Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini kengaytirish, aholi daromadlarini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va davom etmoqda.
Toshkent viloyatida bu borada tizimli tajribalar shakllangan. O‘tgan yil hududdagi ko‘plab oilalarning minglab a’zolari doimiy ishga joylashtirildi, tadbirkorligini boshlash uchun kredit, ssuda va subsidiyalar ajratildi, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Hududda “Kambag‘al oilalar reyestri”ni shakllantirish maqsadida hozirga qadar 116 mingta oila so‘rovnomadan o‘tkazilib, 44 ming 893 tasi reyestrga kiritildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2025 yilda 32,6 mingta oila yoki 133,1 ming aholi kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan 61,8 mingta xizmatlar bilan qamrab olindi. Og‘ir toifadagi mahallalardan 83 tasida mablag‘lar ajratilib, sug‘orish tizimi yaxshilandi. Natijada oilalarning jami 3 ming 46 gektar tomorqa yerida ekin ekish imkoniyati yaratiladigan bo‘ldi. Shu kabi sa’y-harakatlar tufayli 2025 yil Toshkent viloyatida kambag‘allik darajasi 8 foizdan 5,3 foizga, ishsizlik darajasi 5,7 foizdan 4,8 foizga tushirildi.
Mazkur xayrli ishlar 2026 yilda “Loyihaviy yondashuv” loyihalari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, reyestrdagi 15,4 ming kambag‘al oilalar daromadi oshirilib kambag‘allikdan chiqariladi hamda 81,5 ming aholi daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Bu yo‘nalishda fuqarobay hamda xonadonbay ishlash bo‘yicha Toshkent viloyati tajribasi joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, “Barqaror kelajak sari” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratish hisobiga mahallalardagi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi va bandligi ta’minlanadi. Joylarda “Mehnatsevar ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali xotin-qizlar, ayniqsa, uydan tashqarida ishlay olmaydigan nogiron farzandi, doimiy parvarishga muhtoj keksa ota-onasi bor, ko‘p bolali onalar, chekka qishloqda yashovchi ayollar ishga joylashishga muhim omil bo‘ladi. Bunda ayollar buxgalteriya, rekruter, CALL-markaz operatori, savdo platformalari menejeri kabi kasblarga o‘qitilib, o‘z xonadonida band qilinadi.
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun mehnat bozorida teng sharoit yaratib berish uchun “Teng imkon – inklyuziv bandlik” dasturi joriy etib, bu orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar band etiladi. Ular aqliy mehnat bilan bog‘liq kasblarga o‘qitilib, ish sharoitida zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlanadi.
“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida tomorqadan unumli foydalanish orqali aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tashkil qilinadi. Hudud bo‘yicha bir turdagi ekin ekiladigan mahallalar soni 397 taga yetkaziladi. Tomorqa va ijara yerlarida “Eski bog‘larni yangilash” loyihasi doirasida tomchilatib sug‘orish, ko‘chat, xarid bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab berish orqali yangi bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi. Bu orqali 287 ta xonadon daromadi oshiriladi. Ushbu maqsadlarga 12,9 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, 7 ta mahalladagi xonadonlarning ko‘cha qismida tok so‘risi tashkil etish orqali, 840 ta xonadonlarga qo‘shimcha 32 million so‘mgacha daromad manbai yaratiladi. Umuman olganda, bu kabi sa’y-harakatlar evaziga Toshkent viloyati farovonligini ta’minlashga erishish kutilmoqda. 2026 yil yakuniga qadar viloyat to‘liq kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |