Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nishonda bayramona muhit va g‘amxo‘rlik uyg‘un

Yangi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida aholi uchun quvonchli va ezgu tadbirlar o‘tkazildi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov Nishon tumani Navbahor mahallasida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, soha mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Viloyat hokimi bolalar bog‘chasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, muassasaning yangi qiyofasi va imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi. Bayramona muhitda Qorbobo hamrohligida bolajonlarga yangi yil sovg‘alari ulashilib, ularning quvonchi yanada ortdi.

Ma’lumki, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti avval ta’mirtalab holatda bo‘lib, binoda bolalar ta’limi va tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yetarli darajada emas edi. 2025 yil investitsiya dasturi doirasida bog‘cha to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga javob beradigan holatga keltirildi. Natijada 180 o‘rinli ushbu DMTT bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim maskaniga aylandi.

Rekonstruksiya jarayonida energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalardan ham samarali foydalanildi. Xususan, bog‘cha hovlisiga quvvati 60 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi, tom qismiga suv isitish kollektorlari joylashtirildi. Shuningdek, binodagi barcha xonalar zamonaviy isitish tizimlari bilan jihozlandi. Bu esa muassasaning yil davomida uzluksiz va samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida ijtimoiy himoya masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 8 nafar fuqaroga Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan yangi uy-joylar kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Uy kalitlarini shaxsan viloyat hokimi Murotjon Azimov o‘z egalariga topshirib, ularni Yangi yil bilan muborakbod etdi.

Mazkur tadbirlar Yangi O‘zbekistonda inson manfaatlari, ayniqsa, bolalar ta’limi va aholining ijtimoiy himoyasi ustuvor vazifa sifatida belgilanganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bu kabi ishlar aholi turmush farovonligini oshirish, joylarda ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

28.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar